Latifalar
Yusufjon qiziq:
– Marg‘ilonning yeri xo‘b yer-da, bir bosh uzumi ikki zambar keladi-ya!
Mamajon maxsum:
– Tokini Andijondan parxish qilib olib ketgandirsiz-da.
“Toshkentlik bir mashhur lofchi Andijondagi do‘stinikiga kelib, uni lof bilan mot qilmoqchi bo‘libdi. Eshigini taqillatsa, haligi do‘sti ustiga po‘stin, boshiga telpak, oyog‘iga etik kiyib chiqib qarshi olibdi.
– Ha, yoz saratonida bu nima qilganing? – deb so‘rabdi mehmon.
– Sen bilan bo‘ladigan suhbat qizib ketib, shu bilan qishga kirib qolsak, sovqotib qolmay deb, bir yo‘la kiyinib chiqdim, – deb javob beribdi andijonlik mezbon.
Bir lofchi ikkinchi bir lofchining eshigini taqillatdi. Uy egasi eshikni ochdi va mehmonga quloq tutdi:
– Xo‘sh, men bilan bahslashaman deysan, o‘zi yoshing nechada?
– Odam Atodan yetti muchal kattaman, – deb javob beribdi chaqirib kelgan lofchi. Bexosdan uy egasining ko‘zlari sevinchdan porlab ketibdi.
– Nega muncha xursand bo‘lasiz? – so‘rabdi mehmon.
– Sen tug‘ilgan yili men elga osh berib, o‘g‘limga to‘y qilgan edim. Shu yodimga tushib ketdi, – deb javob beribdi mezbon.