Baland uchmoqchi bo‘ldim

Darsda ko‘pincha uyqusirab o‘tiraman. Muallim yonimga kelib, mazax qilib so‘raydi:

– Men hikoya qilayotgan urushning davomini ko‘rdingmi? Kim g‘olib chiqar ekan?

Men hech qanday tush ko‘rmaganim uchun tilimni tishlayman.

Ertasiga o‘qituvchi qo‘l ko‘tarib javob bermoqchi bo‘lganlar qolib, nuqul darsni mendan so‘raydi. Albatta, men bilmaganim uchun qoniqarsiz baho olaman.

“Men javob beraman”, “Men aytaman” deganlarning, birortasidan muallim so‘ramaydi. Yana meni turg‘izadi.

Axiyri “qo‘l ko‘targandan” so‘ramaydigan muallimga hiyla ishlatmoqchi bo‘ldim. Men bilan yonma-yon o‘tirgan Hotam hech qachon javob bermasdan doimo “besh” olishi menga alam qilardi.

Ertasiga o‘qituvchi “Kim o‘tgan darsimizni aytib beradi?” deb so‘radi. O‘quvchilarning deyarli hammasi qo‘l ko‘tardi. Men ham qo‘limni ko‘tarib sherigim Hotamdan ham ko‘ra balandroq “men, men” deb baqira boshladim.

– Iya, Shuhratjon ham qo‘l ko‘tardilarmi? Quyosh qaysi yonboshi bilan o‘rnidan turdi? Marhamat, so‘z sizga, bo‘lg‘usi a’lochi!

Dam oqarib, dam qizarib, goh gezarib o‘rnimdan turdim. Hamma sinfdoshlarim yoqa tishlab menga tikilib turishardi. Men hattoki, o‘tgan darsning nomini ham aytib berolmadim.

– Aytaver, uyalma, – dedi o‘qituvchi.

Sinfdoshlarim hiylamni tushunib ko‘zlarini yashirib qiqirlashni boshlashdi. Muallim ham anglab piching qildi:

– Qanoting bo‘lmasa gar, baland uchmoq xatodir, – deyishgan bobolar. O‘tir,-dedi muallim. Xijolatpazlikdan qip-qizarib o‘tirmoqchi bo‘lganimda piqillashayotgan sinfdoshlarim baland ovozda xoxolab kulib yuborishdi.

 

Turonbeka Sharofutdinova

Yana o‘qing:  Kulgu shifo (2013-21)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: