Aqlli odamning o‘n sakkiz alomati
Avvalambor, aqlli inson oldiga ma’lum maqsad qo‘yib suhbatga kirishadi
Telefonda ham, uchrashuvda ham, chatda ham. Suhbat – maqsadga erishishi yo‘lidagi vositadir.
Aqli yo‘q insonlar gaplashish uchungina gaplashadi. Ular “vaqtni o‘ldirish” uchun yoki zerikkanidan suhbatga kirishadi.
- Yolg‘izlikda o‘zini a’lo his qiladi
U o‘z fikrlari bilan qoladi. U muhim voqea yoki kashfiyot avvalo insonning botinida yuzaga kelishini tushunadi.
Aqli yo‘q inson esa yolg‘izlikdan qochadi, u o‘zining bo‘m-bo‘sh olami bilan yolg‘iz qolgisi kelmaydi. Shuning uchun yangiliklar, turli kampaniyalarga o‘ralashib yuradi, ijtimoiy tarmoqlarni yuz martalab ko‘rib chiqadi.
- Muvozanat saqlashga intiladi
Boshqalarning tajribasi va shaxsiy tajribasi o‘rtasida muvozanatni saqlashga urinadi (film, kitob v.b.)
Ishonchi va xatosi o‘rtasida muvozanat saqlashga urinadi, u ham xato qilishi mumkin, albatta.
Tayyor bilim va yangi bilimlar o‘rtasida muvozanat saqlashga urinadi.
Ma’lumot yetishmaganda savqi tabiiy va aniq mantiqiy tahlil asosidagi bilimlari o‘rtasida muvozanat saqlashga urinadi.
Aqli yo‘q kishilar osongina o‘zini bir tarafga uradi.
- O‘z aql-idroki ko‘lamini mudom oshirib boradi.
Aqlli inson sezgida, fikrlashda aniqlikka intiladi. U yaxlitlik mayda detallardan tuzilganligini fahmlaydi, shuning uchun ikir-chikirlarga e’tiborli.
Aqlsiz o‘rtamiyona qoliplar bilan kifoyalanadi.
- Ko‘pchilikning “til”ini biladi
Aqlli kishi me’mor bilan inshootlar, yozuvchi bilan kitoblar, dizayner bilan interfeys, rassom bilan rasm, bastakor bilan musiqa, farrosh bilan hovli tozaligi bo‘yicha suhbat quradi. U kishilarning kasb-hunari haqida suhbatlasha oladi.
Aqlsiz kishi shunchaki gaplashib o‘tiradi, unda yuqoridagi xususiyat yo‘q.
- Aqlli odam boshlaganini oxiriga yetkazadi
Aqlsiz odam esa arang boshlaganda, o‘rtarog‘ida yoki tugatay deganda to‘xtab qoladi: “Balki bajarmaslik kerakdir, ehtimol hech kimga foydasi yo‘qdir”.
- Aqlli odam atrofimizdagi hamma narsa inson qo‘li bilan yaratilganini tushunadi
Masalan, poyabzal, beton, shisha, qog‘oz varag‘i, lampochka qachonlardir yo‘q edi. Aqlli odam boridan foydalanib, o‘zidan odamzodga nimadir qoldirmoqchi. Bu ishga quvonch bilan kirishadi. Boshqalarning yasaganidan foydalanishni istasa, minnatdorchilik bilan pul beradi.
Aqlsizlar mahsulot, xizmat, san’at asari uchun minnatdorlik bilan pul to‘lamaydi hamda pul kamligidan afsuslanadi.
- Axborotdan parhez qiladi
Aqlli odam muayayn masalani yechish uchun keraksiz faktlar va ma’lumotlar bilan miyasini to‘ldirmaydi. Dunyoni o‘rganar ekan eng avvalo hodisalar, narsa-buyumlar o‘rtasidagi sabab-oqibatni fahmlashga urinadi.
Aqli yo‘qlar mulohaza qilmasdan axborot qabul qiladi va ularning orasidagi o‘zaro bog‘liqlikka nazar solishga urinmaydi.
- Tugal ma’lumotsiz xulosa yasashga shoshmaydi
Qanday hodisa yuz bermasin, nimaiki ko‘rmasin vaziyatni to‘la o‘rganmasdan va tafsilotlarini bilmasdan xulosa yasash va baho berishga intilmaydi. Aqlli odam kamdan-kam holda tanqid qiladi va qoralaydi.
Aqlsiz kishi narsa-buyumlarga va hodisalarning tafsilotini o‘rganmay turib baho berishga moyil. U tanqid qilayotgan ob’yektidan o‘zini yuqori tutganidan maza qilib o‘z ishini bajaradi.
- Hamisha mustaqil pozitsiyasi bo‘ladi
Hamma bir fikrga yopishib olganda ham bu fikr yanglish bo‘lishi mumkinligini aqlli odam biladi.
Aqli yo‘qlar aqli borlarning mulohazasini qabul qiladi, qachonki u ko‘pchilik tomonidan ma’qullansa. Ko‘pchilik aqlli deb hisoblagan odamni aqlli deb sanashga tayyor.
- Kitoblar va filmlarga o‘ta hassoslik bilan munosabatda bo‘ladi
Aqlli kishiga kitob yoki film muallifi unchalik qiziq emas. Asosiysi – mazmun va mohiyat.
Aqlsiz odam dovrug‘i chiqqan va shov-shuvli filmlarni ko‘rishga ishqiboz.
- Tinimsiz o‘z salohiyatini o‘stiradi
Aqlli inson vaqt sayin o‘z-o‘ziga “Menga bu yetarli emas, bundan ham yaxshiroq bo‘lishim kerak”, deydi.
Aqlsizlar atrofdagilar ko‘zida o‘z obro‘yini orttirishga intiladi, boshqalarni kamsitadi va shu asnoda o‘zini ham yerga uradi.
- Xato qilishdan cho‘chimaydi
Aqlli odam xatolarni ilgari odimlashning tabiiy sharti deb qabul etadi va boshqa takrorlamaslikka harakat qiladi.
Aqlsiz odam xato qilib qo‘yish sharmandaligidan cho‘chib yashaydi.
- Diqqatini jamlay oladi
Aqlli odam diqqatini to‘la jamlashi uchun o‘zi bilan o‘zi qoladi, boshqalarga mutlaqo diqqat sarflamaydi.
Aqlsiz odamlar esa kunu tun gaplashishga tap-tayyor.
- Aqlli odam hayotda barchasi o‘zigagina bog‘liqligiga o‘zini ishontiradi
Garchi, to‘liq shunday emasligini fahmlasa ham. Shuning uchun “omad” so‘ziga emas, o‘ziga ishonadi.
Aqlsizlar hayotda barchasi vaziyatga va boshqalarga bog‘liq deb ishonadi. Bu ularga hayotda yuz berayotgan hodisalar mas’uliyatidan o‘zini soqit qilishga imkon beradi.
- Po‘latdek mustahkam yoki ipakdek muloyim bo‘lishi mumkin
Aqlli odam turli vaziyatlarga qarab o‘z tushunchasi asosida o‘zini tutadi.
Aqlsiz atrofidagilarning ixtiyoriga moslashish uchun po‘latdek mustahkam yoki ipakdek muloyim bo‘ladi.
- O‘z xatolarini osoyishtalik bilan qabul qiladi
Uning maqsadi doimo haq bo‘lish emas, masalaning tagiga yetishdir. U hayotning turli-tumanliklarini fahmlash murakkab ishligini yaxshi tushunadi.
Aqli yo‘qlar o‘zini ham boshqalarni ham aldaydi.
- O‘zini ko‘pincha aqllidek tutadi
Ba’zida aqlli odamlar dam olish chog‘ida o‘zini aqlsizdek tutadi.
Aqlsiz odamlar gohida diqqatini jamlaydi, irodasini to‘playdi va o‘zini aqllidek tutadi.
Shak-shubhasiz, hech kim ham doimo aqlli bo‘lolmaydi! Agar sizda aqllilik alomatlari ko‘p bo‘lsa, tabriklaymiz – aqlli kishi ekansiz. Aqlsizlik alomatlari ko‘p uchrasa, unda maqolamizni oyna o‘rnida ko‘ring 😉
Manba: sof.uz