Farg‘onada mikroGESdan ko‘chalarni yoritishda foydalanilmoqda
Farg‘ona shahri hududidan oqib o‘tadigan Marg‘ilonsoyga Farg‘ona politexnika instituti olimlari tomonidan yaratilgan mikroGES o‘rnatildi.
Mazkur ixtiro yurtimizda ilk bor yaratilgan oddiy suv generatori sanaladi. Tadqiqot jarayonida 6 ta ustun-transheyadagi ko‘cha yoritish chiroqlari shahar elektr tarmoqlaridan uzib qo‘yilib, qurilma yordamida yoritib kuzatildi. Natijada soatiga 3 kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqaradigan generator elektr energiyaning uzluksizligini ta’minlashi aniqlandi. Mutaxassislar suv generatorini endilikda viloyatdagi boshqa suv havzalarida ham sinab ko‘rishmoqchi. Izlanishlar davomida charxpalak qurilmasi yordamida 50 kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqarish mumkinligi aniqlandi.