GIYOHLAR “TILGA KIRGANDA”

yoki darmondori ko‘katlar xosiyati

Mening asli ismim “guli binafsha”. Tog‘larda va daraxtlarning ostida o‘saman. Mening eng yaxshi navimni Elburs tog‘laridan, daryolar qirg‘og‘idan topishingiz mumkin. Men safroni haydayman. Xususan, safro me’da va ichaklarda to‘planib qolganda yaxshi foyda qilaman. Chanqoqni ham qoldiraman, qon bosimini pasaytiraman, kuchli isitmani bartaraf qilaman.

BINAFSHA

Gulim uyqu keltiradi, yallig‘lanishni tuzatadi, bosh og‘rig‘i, yo‘talni qoldiradi, nafas olish yo‘lini, tomoqni yumshatadi. Peshobning qizishi va kuydirib chiqishini yo‘qotadi. Meni peshob tutilish kasaliga, difteriya (bo‘g‘ma)ga, bolalar bosh og‘rig‘iga tavsiya qiladilar. Ikki gramm gulim sovuq suv bilan bir necha kun ichilsa, safroni yo‘qotadi. Gulimni tuyib, qandga aralashtirib yeyilsa, eski isitmani yo‘qotadi. Burningizning ichi doimo qurib yursa, gulimni qaynatib, suvini torting, qutulasiz. Gulimni yallig‘langan joyga, bosh og‘rig‘ida bog‘lansa daf qiladi. Bundan tashqari, u ko‘z shamollashiga, payni yumshatishga, safrodan qo‘tir bo‘lishga va qichimaga qarshi bog‘lansa foydalidir.

YASMIF

Men madaniy hamda yovvoyi holda o‘saman. Siz osh va sho‘rvalarga solib, iste’mol etadigan xilim madaniylashtirilgan turim hisoblanadi. Meni hazm qilish boshqa xillarimga nisbatan osonroqdir. Fosfor moddasi serob bo‘lgani uchun suyakni baquvvat qilaman. Bargim va tanam hayvonlar uchun oziq hisoblanadi. Mening unim yumshatuvchi hisoblanadi va teri yallig‘lanishini tuzatishda yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.

Donimda A, V vitaminlari bo‘lib, ozroq S vitamini ham bor. Tarkibida temir, kalsiy, hammadan ko‘proq fosfor bor, po‘stim yumshatuvchi, mag‘zim qabziyat qiluvchidir. Mashhur shoir va olim Abu alo al-Maariy mendan go‘sht o‘rnida foydalangan hamda “go‘sht-giyoh” deb nom bergan.

Mening po‘stim issig‘dir, qaynatilsa uning suvi yumshatuvchi hisoblanadi, teri yiringlashining oldini oladi. Bodom yog‘i bilan qilingan ovqatga meni qo‘shib yesangiz hech qachon isitma chiqmaydi. Pishirilganimni sirka bilan qo‘shib yeyilsa, me’da faoliyatini yaxshilayman. Suvda pishirib yesangiz, nafas yo‘lini yumshataman va yo‘talni to‘xtataman. Suvim bilan og‘izni chayqash og‘iz yallig‘lanishini va difteriya (bo‘g‘ma) kasalini yo‘q qiladi. Donimdan 30 ta olib, po‘stini tushirib yesangiz, buzilgan me’da faoliyatini izga soladi.

Asal bilan aralashtirib, chuqur zaxmlarga bog‘lansa yoki gul yog‘i bilan qo‘shib, shamollagan ko‘zga surkasangiz tuzatadi. Tovuq tuxumiga qo‘shib, sovuq urgan oyoq, qo‘l va yuzlarga surkalsa foydalidir. Meni pishirib karam bargi bilan sut to‘planib qolishi natijasida yallig‘langan ona ko‘kragi (mastitda) bog‘lansa naf qilaman. Meni pishirib, qovun urug‘i bilan birga yuzga surilsa, rangu ruxsorni ochaman, yuz sarig‘ligini bartaraf qilaman. Meni kuydirib, kulimni qo‘shish bilan yasalgan pasta tishni yaxshi oqartiradi. Mendan ko‘p iste’mol qilinsa, ayniqsa, yovvoyi navimdan, qonni quyuqlashtiradi, odamning parishon va qo‘rqinchli tushlar ko‘rishiga sabab bo‘ladi.

Yana o‘qing:  Buqoq nasldan naslga o‘tadimi?

Meni imkoni boricha, sirka yoki tarkibida qand bo‘lgan xurmo va mayiz kabi mevalar bilan qo‘shib yeng. Hech qachon sho‘r narsa va baliq bilan yeya ko‘rmang.

Mayna HASANOVA tayyorladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: