So‘zi malham shifokor

Xalqimiz shifokorlarni “salomatlik posbonlari” deya qadrlaydi. Ularga o‘zgacha hurmat ko‘rsatadi. Biror joyingiz og‘rib qolsa, yordam istab huzuriga shoshilasiz. Shirin so‘zidan dardingiz yengillashganini his etasiz.

Xastalikdan forig‘ bo‘lgach esa qalbingiz taskin topadi. Salomatligingizni tiklashga hissa qo‘shgan o‘sha oppoq libosli insonlarni bir umr yodda saqlaysiz. Hatto, ular sizning yaqin insoningizga aylanadi. Dunyoda el ardog‘idagi shifokor bo‘lish, bemorning salomatligini tiklash, uning dardiga malham bo‘lishdan ortiq savobli ish bormikan?!

Yuqorida darddan forig‘ bo‘lishda shirin so‘z muhim ahamiyatga ega, deya ta’kidladik. Aslida so‘zning ham o‘z qalbi bor. Bemor ko‘ngliga yo‘l topib, uni kasallikdan forig‘ qilishda shirin so‘zli shifokorlarning o‘rni boshqa. Shirinsuxanlik borasida so‘z ketar ekan, o‘z kasbining fidoyisi, el ardog‘idagi shifokor Roza Sharipova haqida gapirmasdan iloj yo‘q.

Barchaga ma’lumki, bahor fasli boshlanishi bilan insonlarni turli kasalliklar bezovta qila boshlaydi. Ayniqsa, nafas olish yo‘llari yallig‘lanishi, allergiya, qon bosimining ko‘tarilishi kabi xastaliklar bilan og‘rigan bemorlar shifo istab, Roza opaga murojaat qilishadi.

Mana bir necha yildirki, 1-Respublika kilinik shifoxonasi “Ichki kasalliklarni tiklash va reablitatsiya” bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan R. Sharipova hamkasblari ardog‘ida. Insonga ism qo‘yilar ekan, “ismi jismiga mos bo‘lsin”, deya niyat qilinadi. Bu bejiz emas, albatta. Roza opani atrofdagilar atirgulga qiyos qilishadi. Bemorlar opaga qarab, “ana, o‘zimizning oq atirgul kelyapti”, deya alqab qo‘yishadi.

– Ustozlarimiz “insonlarga foydang tegishi oliy baxt”, – deb o‘rgatishgan. Bu o‘gitning nechog‘lik haqiqat ekaniga bir necha yillik ish tajribam misolida guvoh bo‘lib kelmoqdaman. Bemorlar dardidan forig‘ bo‘lib, minnatdorchilik bildirsa, xursand bo‘laman. Shunday kezlarda sharafli va mashaqqatli kasb sohibasi – shifokor ekanligimdan qalbim quvonchga to‘ladi.

Aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan izchil islohotlar ko‘lami yil sayin kengayib bormoqda. Ushbu islohotlarni hayotga keng tatbiq etilishida shifokorlar muhim o‘ringa ega. Shunday ekan barcha oq xalatliy farishtalarga aslo qo‘lingiz dard ko‘rmasin, deymiz.

 

Vasila PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  FUTBOLCHI QIZLAR SAFI KENGAYMOQDA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: