TIL BILGAN – EL BILADI

Mamlakatimizda chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan e’tibor yanada ortib bormoqda. Maktablarda va oliy o‘quv yurtlarida ham ingliz tili yanada chuqurlashtirilgan tarzda o‘tilmoqda.

Albatta bugungi kunda yoshlarimiz orasida ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan talab juda ham yuqori. Qaysi sohada bo‘lmasin ingliz tiliga bo‘lgan ehtiyoj seziladi. Chunki, internetda eng ko‘p ma’lumotlar shu tilda berilgan. Yosh avlodni har tomonlama o‘qimishli, madaniyatli, zamonaviy fikrlovchi shaxs qilib tayyorlashda chet, ayniqsa, ing­liz tilining o‘rni juda katta. “Til bilgan el biladi” deb xalqimiz bejizga aytishmagan. Haqiqatdan ham inson qancha ko‘p til bilsa imkoniyatlar eshigi keng ochiladi.

Respublikamizda chet tilining ijtimoiy ahamiyati tobora ortib borayotganligi ingliz tilini mukammal biluvchi mutaxassislar zarurligi, talabalarning qaysi mutaxassislik bo‘yicha o‘qishidan qat’iy nazar chet tilini puxta egallashini taqozo etmoqda. Shu maqsaddan kelib chiqqan holda, chet tili ta’limi o‘z oldimizga fikrini xorij tilida og‘zaki va yozma tarzda erkin ifodalab, nutq hamda muloqot madaniyati rivojlangan savodxon yoshlarni kamol toptirish vazifasini qo‘yadi. Zero, Prezidentimiz Islom Karimovning “Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan respublikamizning barcha hududlarida ingliz tilini o‘rganish umumta’lim maktablarining birinchi sinflaridan o‘yin tarzidagi darslar hamda og‘zaki nutq or­qali darslar shaklida, ikkinchi sinfdan boshlab esa alifbo o‘qish va grammatikani o‘zlashtirishdan boshlanadi. Yana bir narsani aytib o‘tish kerakki, ruhiy jihatdan yosh bolalarda eslab qolish qobiliyati juda yuqori bo‘ladi. Shu sababli, ularda til o‘rganish ishtiyoqi juda baland bo‘ladi. Faqat buni to‘g‘ri shakllantirish, bolalarni ingliz tiliga qiziqtira olish biz o‘qituvchilarning zimmasida deb o‘ylayman. Bu esa murabbiydan katta kuch va mashaqqatni talab qiladi.

Biz o‘qituvchilar har doim izlanishdamiz. Hech qachon bir joyda to‘xtab qolishimiz kerak emas.Chunki, qancha harakat qilinsa tinglovchi va o‘rganuvchiga ham ana shu fan qiziqarli bo‘ladi. O‘qituvchilarga malaka oshirish kurslari hamda o‘qish foydadan xoli bo‘lmaydi. Chunki har bir pedagog tez-tez malaka oshirish kuslariga borib, o‘z ustida ishlashi lozim.

Noodatiy darslarni ko‘proq tashkil qilish, interaktiv usullardan (aqliy hujum), kichik yoshdagi bolalar tilida yozilgan matnlarni eshitish va uni takrorlash or­qali ham o‘quvchilarda ko‘nikmalar shakllanadi. Darslarni lingofon xonalarida o‘tib, har bir o‘quvchining talaffuzini to‘g‘irlab, undan keyin eshitganlarini dars jarayonida so‘rashdan boshlash kerak.

Yana o‘qing:  “SOG‘LOM AVLOD UCHUN “ XALQARO XAYRIYA JAMG‘ARMASIGA 20 YIL

Oilada ota-ona farzand uchun ibratli shaxs hisoblanadi. Shu sababli, ular ham ingliz tilini o‘rgansalar nur ustiga a’lo nur bo‘ladi, deb o‘ylayman. Eshitganlarini birin-ketinlik bilan sekin so‘rashdan boshlash kerak.

Asosan to‘rt turdagi o‘qitish usuli bor. Ular eshitish, o‘qish, yozish, so‘zlash kabilardir. Har bir pedagog ularni o‘z o‘rnida qo‘llab, ko‘proq darsda rasmli ko‘rgazmali o‘quv qurollaridan foydalanib, dars olib borish, ayniqsa, yosh bolalarga xos bo‘lgan ertaklarning so‘zlari oddiy va tushunarli bo‘lishi kerak. Hamda bolalarga bahslarga ham bemalol kirishishni o‘rgatish kerak. Mana shunda ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin.

Shohida ATANAZAROVA,

O‘zDJTU ingliz tili fani o‘qituvchisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: