Kitobsevar o‘quvchilar

Poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 255-umumta’lim maktabida “Kitobsevar  o‘quvchi” mavzui­da ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir tashkilotchisi Zuhra Adashova maktab kutubxonasi jamg‘armasi tomonidan o‘quvchilarni kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish  maqsadida  amalga oshirilayotgan ishlar haqida, ona tili  va adabiyot fani o‘qituvchisi  Komila  Qurbonova o‘quvchilar orasida o‘tkazilayotgan “Bir kitob o‘qidim” tanlovida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar xususida  so‘z yuritdi.

Tadbirda   Respublika  bolalar   kutubxonasi xodimlari  – Zarina  Yo‘ldosheva, ­Sayyora Ziyodova, taniqli bolalar  ijodkorlari – ­Umida  Abduazimova,  Muhabbat  ­Hamidovalar so‘zga chiqib, kitob mutolaasi bo‘yicha bolalarga kerakli maslahatlar berishdi.

Tadbir  so‘ngida  mehmonlar  kutubxonaga  yangi  kitoblar taqdim  etishdi.

E’zoza   ABDUMALIKOVA

Yana o‘qing:  Barcha dorixonalarda bo‘lishi majburiy bo‘lgan dori vositalari ro‘yxati o‘zgartirildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: