Saratonni davolovchi dori ishlab chiqarilish arafasida

Rossiyadagi Federal agentlik tibbiy-biologik maxsus preparatlar davlat ilmiy-tadqiqot institutida olamshumul yangilik yaratilmoqda. Institut direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Andrey Simbirsevning ma’lumotiga ko‘ra, olimlar zararli sifatga ega o‘simtaning so‘nggi bosqichida ham davolashga qodir preparat ustida oxirgi sinov tajribalarini olib bormoqda, deb yozadi “ Zamin” sayti.

“Klinik holatgacha bo‘lgan sinov tajribalardan orttirgan hisobotlarga ko‘ra, bemorlar dori vositasini yaqin uch yilda qabul qilishi mumkin”, deb qo‘shimcha qiladi Simbersev.

Melanoma va sarkoma rivojlangan sichqon hamda kalamushda dori vositasi bilan tajribalar o‘tkazildi. “Dori vositasi hattoki eng so‘nggi bosqichdagi o‘simtani yo‘q qila oldi”, deydi professor.

“Izvestiya” gazetasining yozishicha, vositasining tarkibida barcha turdagi hujayralarni sintezdan o‘tkaza oladigan molekula mavjud. Aynan shuning uchun, olimlar hamma turdagi o‘simtani davolash mumkin, deb o‘ylayapti.

Bundan avval, Rossiya onkologiya ilmiy markazi va O‘zbekiston Respublikasi onkologiya ilmiy markazi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolagani xaqida xabar bergan edik.

Yana o‘qing:  Dunyo e’tirofidagi dilbar shaxs

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: