“SOG‘LOM AVLOD UCHUN “ XALQARO XAYRIYA JAMG‘ARMASIGA 20 YIL

Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamg‘armaning mintaqaviy filiali Kegeyli tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabida, Ellikqal’a akademik litseyida, Qo‘ng‘irot tumani 36-sonli umumta’lim maktabida, Mo‘ynoq tumani 3-sonli umumta’lim maktabida, Mo‘ynoq kasb-hunar kolleji zalida “Mening onam” mavzusida bolalar rasmlari ko‘rik-tanlovlari va ko‘rgazmalari, “Onam (buvim, opam) uchun sovg‘a” shiori ostida bolalar o‘rtasida mohir qo‘llar tanlovi o‘tkazildi va g‘oliblarga sovg‘alar berildi.

Xorazm viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Madaniyat va sport ishlari boshqarmalari hamkorlikda Urganch shahar Olimpiya zahiralari kollejida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab o‘quvchi yoshlar o‘rtasida “Nafosat olami” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda ishtirok etgan sportchi qizlarga sport kiyimlari topshirildi.

Navoiy viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tomonidan Navoiy shahar 16-sonli “Qo‘ng‘iroqcha” nomli maxsus maktabgacha talim muassasida “Onajonlarga ta’zim” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilari jamg‘arma tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Andijon viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armalari hamkorlikda viloyat hamda Izboskan tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar markazlarida yosh tasviriy san’at ixlosmandlari uchun ko‘rgazma tashkil etildi. Tadbirda jami 532 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etdi.

Abbosjon ERGASHEV

“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi, bosh mutaxassisi

Yana o‘qing:  XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2013-11)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: