Ayol borki, olam munavvar

Mamlakatimizda xotin-qizlarning oiladagi, jamiyat va davlat qurilishidagi o‘rni va rolini oshirish, ularning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy manfaatlarini himoya qilish, tashabbus va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonuni, Birinchi Prezidentimizning 2004 yil 25 maydagi “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

Farg‘ona viloyatida ham mazkur hujjatlar ijrosini ta’minlash, xotin-qizlarning ijtiomiy-siyosiy faolligini oshirish, turmush farovonligini yuksaltirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, oilaviy biznes, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

– Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ayniqsa, qishloq joylarda ularning yashash, o‘qish va mehnat qilish sharoitlarini yanada yaxshilash, ayollarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga qaratilgan dasturlar hayotga izchil tatbiq etilayotgani samarasida fermerlik harakati va kasanachilik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishayotgan opa-singillarimiz safi kengaymoqda, – deydi Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.Tojiyeva. – Ayni paytda viloyatda 5 mingdan ziyod xotin-qiz tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqda. O‘tgan yili ularga tijorat banklari tomonidan 99 milliard 549 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratildi.

Rishton tumanidagi “Roshidon invest teks” xususiy korxonasida ishlab chiqarilayotgan 50 dan ortiq turdagi trikotaj mahsulotlari nafaqat ichki bozorda, balki xorijda ham xaridorgir. Tadbirkor Gulbahor Sharipova rahbarlik qilayotgan zamonaviy korxona 2015 yilda ish boshlagan. 

– Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, soha sub’yektlari samarali faoliyat yuritishi borasida keng imkoniyat va imtiyozlar yaratilgan, – deydi G.Sharipova. – Biz, ayollar ham bundan samarali foydalanmoqdamiz. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik orqali qishloq joylarida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash muhim vazifa. Hozirgi kunda korxonamizda 40 dan ortiq xotin-qiz mehnat qilmoqda. Ularning aksariyati kasb-hunar kollejlarini bitirgan yosh mutaxassislardir. 

Korxonada bozor konyunkturasini o‘rgangan holda talabga mos, yangi dizayndagi mahsulotlar ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratiladi. O‘tgan yili bu yerda 400 million so‘mga yaqin mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkichni yanada oshirish rejalashtirilgan. 

– O‘tgan yili sanoat kasb-hunar kollejini tamomlab, shu yerda ish boshladim, – deydi  Sadoqat Abdujabborova. – Biz har bir libosni mehr bilan yaratamiz. Hozir dugonalarim bilan mavsumiy trikotaj mahsulotlarini tayyorlash borasida ish olib boryapmiz.

Yana o‘qing:  FAXRIYLAR E’ZOZDA

Mamlakatimizda oilaviy biznesni, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hayotimiz gultoji bo‘lgan opa-singillarimizning turmush farovonligini yuksaltirish, tashabbuskor va ishbilarmon ayollarning g‘oya va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda. 

 

M.SULAYMONOV,

O‘zA muxbiri

 

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: