Xurmo mevasining foydali xususiyatlari

Bu yorqin rangli meva o‘ziga xos mazasi sabab “oltinrang quyosh”, “xudolar taomi” deya e’tirof qilingan. Shu bilan bir qatorda dunyoning turli mamlakatlarida mazkur meva turli xildagi nomlar bilan atalgan. Xususan:“xitoy shaftolisi”, “yovvoyi xurmo”shular jumlasiga kiradi. Hozirda mazkur mevaning besh yuzdan ortiq navlari aniqlangan bo‘lib, ularning aksariyati tropik mamlakatlarda o‘sadi. Xurmoning foydali xususiyatlari haqida juda ko‘p gapirilgan. Biz ularning asosiylariga to‘xtalamiz.

Xurmoning inson salomatligi uchun foydasi

  1. Uning tarkibida pektin moddasi mavjud. Shu sabab ushbu mevadan hazm qilish tizimi bilan bog‘liq muammolari bor insonlar iste’mol qilishi tavsiya etiladi.
  2. Xurmo – vitamin va minerallar xazinasi. Shu sabab u kuzgi avitaminoz xastaligi bilan kurashadi.
  3. Tarkibida antioksidantlar mavjudligi sabab qarish jarayoniga qarshi vosita sanaladi.
  4. U antiseptik ta’sir kuchiga hamda yallig‘lanish va zararli bakteriyalarga qarshi kuchli ta’sir qilish xususiyatiga ega peshob haydovchi meva sanaladi. Uning bu xususiti sabab organizmdagi ortiqcha suv va tuz chiqib ketadi.
  5. Tarkibidagi fruktoza va glyukoza yurakni baquvvat qiladi. Xurmo tarkibi magniy va kaliy moddasiga boyligi sabab yurak xastaligidan aziyat chekuvchilarga uni iste’mol qilish tavsiya etiladi.
  6. Mazkur meva ateroskleroz xastaligi bilan kurashadi.
  7. Tarkibidagi S va R vitamini qon-tomirdar faoliyatini mustahkamlaydi, shu sabab uni milklar qonashi va varikoz xastaliklarida iste’mol qilish mumkin.
  8. U shamollash va yo‘talda samarali ta’sir ko‘rsatadi.

Xurmo o‘zida bir qancha foydali jihatlarni jamlagani bilan, uni iste’mol qilishga doir qarshi ko‘rsatmalar ham mavjud.

 Meva tarkibida ko‘p miqdorda shakar moddasi mavjudligi sabab qandli diabet bilan aziyat chekayotgan bemorlarga uni yeyish tavsiya qilinmaydi. Shu bilan bir qatorda u ortiqcha vaznning yig‘ilishiga ham sabab bo‘ladi. Uning tarkibida tanin moddasi mavjud. Shu sabab  ichaklar spazmi (siqilishi) va qabziyatda iste’mol qilish mumkin emas.

 

Xurshida HUSENOVA

Yana o‘qing:  KO‘KATLAR – AQL-IDROK QUVVATI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: