Kitobxonlik: an’ana va zamon uyg‘unligi

Bugungi kunda Xalq ta’limi vazirligi tizimida 9 ming 570 dan ortiq axborot-kutubxona muassasasi mavjud. Ularga 4 milliondan ziyod o‘quvchi a’zo bo‘lgan. Ushbu muassasalarning kitob fondi 23 milliondan oshadi. Mazkur fondni boyitish maqsadida muntazam sinfdan tashqari mutolaa uchun badiiy adabiyotlar xarid qilinadi.

Har yili umumta’lim maktablarida kitob bayrami doirasida “Adabiyot kunlari”, “Kitobim – oftobim”, “Kitob taqdimoti”, “Maktab – kutubxona – oila – jamoat tashkilotlari” xayriya tadbiri, ota-onalar ishtirokida tashkil etiladigan “Bir farzandga – uch kitob” aksiyasi kabi tadbirlar hamda “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” va “Kitobxon maktab” tanlovlari tashkil etilmoqda.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun tashkil etilgan media-turda jurnalistlar poytaxtimizning Mirobod tumanidagi 328-umumta’lim maktabida bo‘lib, mazkur muassasa misolida tizimda kitobxonlikni targ‘ib etish, bunda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish borasida qilinayotgan ishlar bilan tanishdi.

Prezidentimizning 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi kitob targ‘iboti ishlarini yangi bosqichga ko‘tardi.

Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari D.Kenjayev va boshqalar milliy adabiyotimizni rivojlantirish, buyuk ajdodlarimizning boy merosini asrab-avaylash, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilayotgan alohida e’tibor xalqimiz tafakkurini yuksaltirish, yosh avlodni bilimli, mustaqil fikrli, yuksak ma’naviyatli insonlar etib tarbiyalashda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.

Ta’lim muassasalarida o‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasida kitobxonlik muhitini rivojlantirish maqsadida «Kitobxonlik soatlari», xonadonlarda oilaviy kutubxonalar tashkil etish va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish uchun «Eng yaxshi kitobxon oila» tanlovi o‘tkazilmoqda.

2016 yildan boshlab axborot-kutubxona muassasalarida «Mutolaa madaniyati» haftaligi tashkil etilayotir. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda bolalar yozuvchi va shoirlari ishtirokida onlayn muloqotlar o‘tkazilmoqda. Ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Mening birinchi kitobim” loyihasi doirasida iqtidorli yoshlarning kitoblari davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan chop etilib, maktab kutubxonalariga tarqatilmoqda.

– Maktabimizda mingga yaqin o‘quvchi tahsil oladi, ularda mutolaa madaniyatini kuchaytirish, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish maqsadida yangi loyihalarni amalga oshirmoqdamiz, – deydi Mirobod tumanidagi 328-umumta’lim maktabi direktori Feruza Gazituropova. – Maktabimiz kutubxonasi 15 mingdan ziyod kitob fondiga ega. Yaqinda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun 25 nomdagi kitob olib kelindi. Bugungi internet va boshqa zamonaviy axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan globallashuv jarayonida yoshlarda kitobga qiziqishni oshirish, mutolaa madaniyatini shakllantirish nafaqat pedagoglar, balki butun jamiyatning muhim vazifasidir.

Yana o‘qing:  Zamon bilan hamnafas

Tadbirda bolalarda kitobga mehr uyg‘otish, mutolaa ko‘nikmasini hosil qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish, axborot-resurs markazlari va maktab kutubxonalari xodimlarining o‘quvchilar bilan ishlash borasidagi majburiyat va mas’uliyatini yanada oshirish, ta’lim muassasalarida ma’naviy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

2014 yilda 1-4 sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan 27 nomdagi jami 847 293 nusxa badiiy adabiyotlar xarid qilingan bo‘lsa, joriy yilda 5-9-sinf o‘quvchilari uchun “Maktab kutubxonasi” turkumida 28 nomdagi 1,2 million nusxa jahon va o‘zbek bolalar adabiyotining sara asarlari xarid qilinmoqda.

O‘quvchilar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida turli madaniy-ma’rifiy, intellektual tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, vazirlik tashabbusi bilan 2016 yildan boshlab axborot-kutubxona muassasalarida “Mutolaa madaniyati” haftaligi tashkil etildi. Haftalik doirasida bolalar adabiyoti ko‘rgazmasi, bolalar shoir va yozuvchilari bilan ijodiy uchrashuvlar, taqdimotlar, turli viktorina va intellektual tanlovlar, ma’rifiy tadbirlar, mahorat darslari va anjumanlari tashkil etib kelinmoqda.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda bolalar yozuvchi va shoirlari ishtirokida on-line muloqotlar o‘tkazib kelinmoqda.

Tadbir doirasida bolalar adabiyotlari ko‘rgazmasi, taniqli bolalar yozuvchi va shoirlari bilan ijodiy uchrashuvlar, elektron darsliklar taqdimoti, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosidagi ochiq darslar tashkil etildi.

Media-tur yakunida xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev ishtirokida brifing o‘tkazildi hamda jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

 

Navro‘z Norboboyev

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: