Toshkent shahrining “gastronomik xarita”si tuzilmoqda

Yaqinda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi tomonidan davra suhbati tashkil etildi. Suhbatning mavzusi Toshkent shahrining gastronimik xaritasi – sayyohlar uchun ovqatlanish tavsiya etiladigan jamoat ovqatlanish punktlari, bir so‘z bilan aytganda – oshxonalar haqidagi qo‘llanmani yaratish Nizomi loyihasini muhokama qilishga qaratildi.

Gastronom karta 1

Ushbu gaztronomik xaritani yaratish va uni (ichki va chet ellik) sayyohlar orasida targ‘ib etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida soha mutaxassislari oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish uchun boshlangan amaliy ishlardan biri sanaladi.

Gastronom karta 2

Gastronomik xarita – bu O‘zbekiston turli hududlarida an’anaviy rivoj topgan oziq-ovqat turlari, turli elatlarga xos milliy taomlar, sayyohlik markazlari bo‘lgan shaharlarimizda taklif etilayotgan yuzlab turdagi milliy o‘zbek va dunyoning deyarli barcha milliy oshxonalari taomlari tortiluvchi kafe, restoran va boshqa turdagi taomxonalar haqida ishonchli va to‘liq ma’lumot beruvchi xarita-qo‘llanmadan iborat.

Prezidentimizning yuqorida aytib o‘tilgan Farmonida turizmning yangi yo‘nalishlarini targ‘ib etish, ularni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Shu sababdan, yurtimizning gastronomik turizm imkoniyatlarini yanada rivojlantirish, chet ellik sayyohlar talablaridan kelib chiqib mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ko‘rsatiladigan servis darajasi, oshxonalarning sanitar-gigenik holati va boshqa ko‘rsaygichlarini jahon mehmondo‘stlik sanoati standartlari darajasiga olib chiqish hamda oshpazlik san’ati bilan shug‘ullanadigan yoshlarni tayyorlash kabi bir qator masalalar Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Oshpazlari uyushmasi, sayyohlik kompaniyalari mutaxassislari bilan bir qatorda xususiy tadbirkorlik subektlari –  mehmonxona ho‘jaliklari rahbarlari va restoratorlarni birdek qiziqtirib, ushbu davra suhbatini qizg‘in o‘tishiga sabab bo‘ldi.

Ushbu gaztronomik xaritani yaratish doirasida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

— turizm va oshpazlik sohasi yetakchi mutaxassislari xakamligida ovqatlanish joylari (kafe, restoran va boshqalar) o‘z oshxonalari haqida taqdimot tashkil etadilar va umumiy baholash tizimi asosida qaysi birlari Gastronomik xaritaga kiritish uchun saralab olinadi;

— har yili Toshkent shahrida yurtimizning boy kulinariya imkoniyatlarini namoyish etuvchi festival tashkil etish va poytaxtimiz va yurtimiz mehmonlariga ushbu rang-barang milliy oshxonalardan baxramand qilish;

— oshpazlik san’ati ustalarini mahoratiga ko‘ra moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish mexanizmini ishlab chiqish;

Yana o‘qing:  NAVQIRON AVLOD KAMOLOTI YO’LIDA

Gastronomik xaritaga kirishni istagan oshxonalarga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat bo‘ladi:

— zamonaviy jamoat ovqatlanish joylariga qo‘yiladigan barcha umumiy talablar – oshxona tashqi va ichki ko‘rinishi, sanitar-gigiyenik holati, oshxona va ovqatlanish xonalarining texnik ta’minoti, servis darjasi, tartiladigan taomlar ta’mi va narhi mutanosibligi:

— oshxonaning statusi – O‘zbekistob oshpazlari uyushmasiga a’zolik bilan belgilanadi;

— oshpazlar jamoasida sertifikat hujjatlarining mavjudligi;

— xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarda soha bo‘yicha ta’lim sertifikati yoki maxsus tayyorgarlik haqida diplomning mavjudligi.

Hozirda faqat Toshkent shahri uchun tashkil etilishi ko‘zda tutilgan xaritaga kiradigan oshxonalar nafaqat soha mutaxassislari tomonidan baholanadi, balki myday.uz, arba.uz, chefs.uz internet saytlari foydalanuvchilari tomonidan online ovoz berish va Restoran biznesi akademiyasi, Restorator va Otelerlar uyushmasi a’zolari tomonidan baholanishi natijasida umumiy reyting tizmida aniqlanadi.  

 

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni

rivojlantirish Davlat qo‘mitasi

Matbuot xizmati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: