O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Vazirligi butun mamlakat bo‘ylab kadrlar bilan ishlash jarayonlarini avtomatlashtirmoqda

Kadrlar bilan ishlash jarayonlarini avtomatlashtirishni samarali tashkil etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bazasi asosida, O‘zbekistonda birinchi marotaba “Kadrlar” namunaviy axborot tizimi (NAT) pilot loyiha tarzida joriy etildi, mazkur tizim barcha davlat organlari tizimlarida kadrlar xizmatlarining ishlarini tizimlashtiradigan hamda barcha davlat idoralari xodimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni birlashtiradigan Yagona milliy idoralararo axborot maydoni xisoblanadi.

Mazkur axborot tizimi Mehnat vazirligining barcha tasarrufiy tashkilotlarida va Elektron hukumat tizimida sinovdan o‘tkazildi. Bugungi kunda ushbu tizimga 85 ta vazirlik va idoralar ulangan, keyinchalik esa “Kadrlar” NATdan mamlakatning ikki yuz mingdan ortiq davlat tashkilotlari foydalanishi rejalashtirilmoqda.

Ushbu yangi axborot tizimi o‘z ichiga bir necha qismlarni yoki kichik tizimlarni qamrab olgan jumladan, “Kadrlar menejmenti”, “Vakant joylar milliy bazasi”, “Kadrlarga doir so‘rovnoma-ma’lumotlar bazasi”, “Kadrlarga doir so‘rovnoma-ma’lumotlar reestri” va boshqalar.

Axborot tizimi Milliy kadrlar portali bilan o‘zaro bog‘langan, vazirlik tomonidan foydalaniladigan barcha axborot tizimlariga, yagona kirish joyidan foydalangan holda Vakant joylar milliy bazasiga hisobotlar taqdim etishni ham ta’minlaydi.

Shuningdek, ushbu yangi axborot tizimidan respublikaning barcha hududlarida foydalanish imkoniyati yaratilgan va foydalanuvchining ixtiyoriga ko‘ra foydalanish tilini tanlash hamda portalda ro‘yxatdan o‘tishda foydalanuvchiga SMS orqali xabar yetkazish yo‘lga qo‘yilgan.

Bundan tashqari, tizim idoralararo hamkorlikni hamda “Elektron hukumat”, Mehnat vazirligining “Mehnat bozori” tizimi va boshqa milliy tizimlar bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlaydi.

Axborot tizimini joriy etish ijobiy, iqtisodiy samara olishga qaratilgan bo‘lib, bugungi kundagi vaziyatdan va vazirlikning istiqboldagi vazifalari talabidan kelib chiqib, mazkur axborot tizimining vazifalari kengaytiriladi va takomillashtiriladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi

Mehnat vazirligi Axborot xizmati

Yana o‘qing:  “BAHOR KELDI SENI SO‘ROQLAB”

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: