Murojaatlarni ko‘rib chiqish masalalari bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 21 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida vazirlik tizimida Prezidentning virtual qabulxonasi – pm.gov.uz portali bilan ishlash, murojaatlarni belgilangan muddatlarda sifatli ko‘rib chiqish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati ma’lumot berdi.

Unda Bosh prokuratura hamda vazirlik rahbar va mas’ul xodimlari, tizimdagi respublika va hududiy tashkilot, muassasa va korxonalarning murojaatlar bilan ishlashga mutasaddi etib belgilangan xodimlari, huquqshunoslari ishtirok etdi.

Seminarda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda inson huquqlari va erkinligini, qonuniy manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilayotganligini ta’kidladilar. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni xalq farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mantiqiy davomi bo‘lib, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat kilishi kerak” degan tamoyilni amalda qaror toptirish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etishga xizmat qilmoqda.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari hamda virtual qabulxonasi orqali yuborilayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlarida ishlash bo‘yicha mutasaddi xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir so‘ngida seminar qatnashchilarining savollariga vazirlik mas’ul xodimlari tomonidan atroflicha javob berildi.

Yana o‘qing:  Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya markazi filiali tashkil etiladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: