Ko‘p kvartirali uy-joy uchun qanday hujjatlar talab etiladi?
Ko‘p kvartirali uy-joy qurib bitkazilganidan so‘ng, biriktirilgan xonadonni sotib olish uchun fuqaro “Ipoteka banki”ning tegishli filialiga murojaat etishi lozim. Bunda quyidagi hujjatlar bankka taqdim etiladi:
– ipoteka kreditini olish uchun ariza;
– kredit oluvchi (birgalikda kredit oluvchi)ning pasportining asl nusxasi (bank tomonidan nusxalar olinadi);
– kredit oluvchi (birgalikda kredit oluvchi) tomonidan oxirgi 12 oyda olgan daromadlari to‘g‘risida ma’lumotnoma.
Quyidagi imtiyozli shartlarda taqdim etiladi;
– kredit muddati – 20 yil.
– imtiyozli davr – 3 yil.
– kreditning foiz to‘lovi dastlabki 5 yilda yillik 7 foiz, keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasi asosida belgilanadi.
Kredit miqdori sotib olinadigan uy-joy qiymatining 75 foizi miqdorigacha.