Xalq salomatligini saqlash – ustuvor masala

Aholi bilan muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolar yechimini topish asosiy vazifalarimizdan biridir. Ayniqsa, sog‘liqni saqlash sohasini yanada rivojlantirish, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarni sifatini xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bundan tashqari davolashning zamonaviy texnologiyalar va usullarini keng joriy etish, dunyoning yetakchi tibbiyot markazlari va o‘quv muassasalari, taniqli olimlari va mutaxassislar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhim masalalardan biriga aylandi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 7 fevral kuni sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolar va sohaning rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgandi. Unda asosiy e’tibor sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolarni chuqur tahlil qilib, ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilish lozim bo‘lgan ishlar, rahbarlar mas’uliyati va shaxsiy javobgarlik kabi mavzularga qaratilgandi. Shu yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirish maqsadida press-klub tashkil etildi.

O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan matbuot xizmati va OAV vakillari uchun “Xalq salomatligi: muammo va dolzarb vazifalar” mavzusida press-klub tashkil etildi. Ushbu ochiq muloqotda Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari va idora rahbarlari, oliy tibbiyot o‘quv yurtlari rektorlari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari direktorlari ishtirok etishdi.

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Sog‘liqni saqlash vaziri Adham Ikramov so‘zga chiqdi. U birlamchi tibbiyot muassasalari, ayniqsa, qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar, patronaj xizmati, tez tibbiy yordam tizimining faoliyati xususida alohida to‘xtalib o‘tdi. Bundan tashqari mamlakatimizning chekka hududlaridagi QVPlarda malakali mutaxassislarning yetishmayotgani to‘g‘risidagi savolga quydagicha javob berdi.

 

– Malakali mutaxassislarni chekka qishloqlardagi QVPlarga ishga jalb qilish masalasiga alohida e’tibor qaratmoqchimiz. Ma’lumki, chekka hududlardagi shifoxonalarda oliy toifali stomatolog, akusher-ginekolog va yana bir qator mutaxassislar yetishmaydi. Buning chorasini topish maqsadida bir qancha rejalar ishlab chiqdik. Ularga shifokor-mutaxassislarning chekka hududlarda ham yashab, mehnat qilishi uchun yetarlicha imkoniyatlar yaratilishi ko‘zda tutilmoqdi. Bundan tashqari tibbiyot xodimlarining oyligini boshqa kasb egalariga qaraganda yuqori qilib belgilash rejalashtirilmoqda.

 Taraqqiyot ildiziga bolta uradigan asosiy xatar – poraxo‘rlikdir. So‘nggi paytlarda mamlakatimizda tibbiyot sohasida yuzaga kelayotgan poraxo‘rliklar, bularning bosh ildizi tug‘ruqxonalarga borib taqalishi achinarli holatlardan biri sanaladi. Ushbu mavzu doirasida ham vazir alohida to‘xtalib o‘tdi:

Yana o‘qing:  O‘qituvchilarimiz Buyuk Britaniyada malaka oshirishdi

 

– Hozirda bu masala dolzarb muammolardan biriga aylandi. Buning oldini olish maqsadida, barcha tibbiyot muassasalariga alohida e’tibor qaratamiz. Tug‘ruq komplekslari ahvolini yaxshilash bilan bir qatorda, u yerda faoliyat yuritayotgan shifokorlar nazorat ostiga olinadi. Axir, yangi dunyoga kelayotgan bola tug‘ilishi bilan unga ota-ona ortiqcha xarajat qilinishi kerak degani emasku.

 Mamlakatimiz rahbariyati farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, aholi va davolash muassasalarini sifatli, samarasi yuqori va xavfsiz dori-darmon vositalari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Ushbu mavzu yuzasidan tadbirda berilgan savolga atroflicha javob olindi.

 

– Dori-darmon masalasida hozirda bir qancha chora – tadbirlar ishlab chiqildi. Unda o‘zimizning mamlakatda ishlab chiqariladigan arzon va sifatli dorilarni ko‘paytirish masalasiga katta etibor qaratamiz. Bundan tashqari Prezidentimizning “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bu mahsulotlarni narxi ancha arzonlashtirildi. Agarda tasdiqlangan dorilar ro‘yxati birorta dorixonada bo‘lmasa va u o‘zgacha narxda sotilayotganini guvohi bo‘lishsa bemalol Sog‘liqni saqlash vazirligi ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilishlarini iltimos qilardik, – deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi Bosh boshqarmasi boshlig‘i Xabibulla Jalilov.

 Sog‘lom ona va bola – millat salomatligi muhim masalaridan biri bo‘lib, u davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Mazkur anjuman yurtimizda tibbiyot sohasini yanada rivojlantirib, chinakam huquqiy demokratik tamoyillarga asoslanib ish ko‘rishga zamin yaratadi.

 

Charos XUSHVAQTOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: