Jamg‘arma faoliyatidan (2013-10)
Jamg‘armaning Tibbiy-ijtimoiy patronaj markazida Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti fakultetining jami 35 nafar harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, Chilonzor tumanidagi 162-maktabning jami 98 nafar o‘smir qizlari ham tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari” mavzusida tushuntirish ishlari olib borildi.
Sirdaryo viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tomonidan Sayxunobod tumanidagi 6-maktabda jami 100 nafarga yaqin o‘quvchi qizlar ishtirokida “Qizlar davrasi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. G‘oliblarga jamg‘armaning esdalik sovg‘alari topshirildi.
Xorazm viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali Urganch shahar 1-,2-sonli akademik litseylarida o‘quvchi qizlar o‘rtasida sport tadbirlari o‘tkazilib, davra suhbatlari tashkil etildi.
Samarqand viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Pastdarg‘om tumani “Go‘zalkent” qishloq vrachlik punktida jami 324 nafar aholiga tibbiy yordam ko‘rsatildi. O‘smir qizlarga “Erta nikohning salbiy oqibatlari” hamda “Qarindoshlar o‘rtasida nikoh nima uchun xavfli” mavzularida davra suhbatlari tashkil etdi.
Jizzax viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tomonidan Paxtakor tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida jami 247 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rik jarayonida fertil yoshidagi ayollarga tegishli maslahatlar berildi.
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasida iste’dodli rassom Viktoriya Troshinaning “Har bir lahza g‘animat” deb nomlangan rasmlar ko‘rgazmasi ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Abbosjon Ergashev,
“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi bosh mutaxassisi