Anor ekish va parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar

Ekish uchun tavsiya etiladigan anor navlari: qizil anor, achchiq dona, qoziqi anor, tuyatish, ulfi, desertni’y va h. k.

Ko‘chatlarni ekishga tayyorlash va ekish. Ko‘chatlarni ekishga tayyorlashda avvalo, tomorqa maydonini yaxshi tekislanadi, so‘ng yerga yetarli miqdorda – go‘ng, chirindi, fosforli, kaliyli va azotli o‘g‘itlarni solib, chuqur qilib haydaladi.

Anorni ekish sxemasi – 4×2–3 m, ko‘chatlarni ekish mart oyi davomida amalga oshiriladi.

Ko‘chat ekish uchun chuqurligi va kengligi 50×50 sm bo‘lgan chuqurchalar kovlanadi. Chuqur qazishda tuproq ustki qismini 20–25 sm qatlami o‘raning bir tomoniga olib, qolgan qismi ikkinchi tomonga olib qo‘yiladi. Ko‘chatni ekishdan oldin tayyorlab qo‘yilgan shaltoqqa (yangi mol go‘ngi tuproq bilan 1:1 nisbatda aralashtirilib, qaymoqsimon massa tayyorlanadi) botirib olinadi so‘ngra ekiladi.

Ko‘chat o‘raga tik qo‘yilib, oldin olingan tuproq chuqur tagiga solinib ko‘miladi. Ko‘chat ekilgandan so‘ng har bir chuqurga to‘la suv quyiladi. Bunda tuproq zichlanib, ko‘chat yaxshi ko‘karadi. Tuproq cho‘kkandan so‘ng ko‘chat atrofiga tuproq solib to‘ldiriladi. Ko‘chatlar tuproq namligiga qarab sug‘orib turiladi.

Parvarishlash. Anor qishga ko‘miladigan subtropik ekin turi bo‘lganligi uchun uni butasimon shakllantirish eng maqbul hisoblanadi. Bunda asosiy 3 ta yirik shox qoldiriladi. Yirik shoxlar yerga nisbatan 45 gradus qiyalikda shakllantiriladi. Vaqt o‘tishi bilan hosil tupning markazidan chetga chiqa boshlaydi, shuning uchun novdalarni qisqartirish talab etiladi.

Tomorqadagi anor tuplariga 250–300 g azotli, 200–220 g fosforli va 180–200 g kaliyli o‘g‘itlar sof holda solinishi tavsiya qilinadi. Azot o‘g‘iti ikkiga bo‘lib, 30–40 fizi kuzda, qolgani aprel va iyul oylarida teng miqdorda solinadi. Har 2–3 yilda o‘rtacha 50–60 kg chirigan go‘ng solish hosildorlikni oshishiga ijobiy ta’sir etadi.

Bo‘z tuproqlarda anor o‘suv davri mobaynida 6–10 marta, shag‘alli yerlarda 10–12 marotaba sug‘oriladi.

Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish. Anor daraxtini asosan o‘rgimchakkana zararkunandasi zararlaydi.

O‘rgimchakkanaga qarshi 17,5 foizli Perfekto sus. k. (10 sotix maydon hisobiga 15–20 ml) purkaladi.

Hosilni yig‘ishtirish. Anor navlari kuz oylarida pishib yetiladi. Hosilni yig‘ishtirishda mevani bir qo‘l bilan ohista uzib olinadi va yashiklarga taxlanadi. Anor mevalari turli shikastlanishlarga chidamli bo‘lgani uchun ularni uzoq muddat saqlash va qator-qator qilib taxlash mumkin.

Yana o‘qing:  Kariyes – tish kushandasi

 

Sh. Ahmedov

 

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi sayti.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: