Biosfera – yerning hayot qobig‘i

Tabiat haqida bilimlar, hayot asosini bilish o‘zlikni anglashga, atrof-muhit bilan hamohanglikda yashashga imkon beradi. Yerning bir necha qobig‘i mavjud bo‘lib, shulardan asosiysi biosferadir. Biosfera ( yun. bios – hayot, sfera – shahar ) – tarkibi, tuzilishi va energiyasi tirik organizmlar tomonidan aniqlangan Yerning qobig‘i, tirik organizmlar yashaydigan, ular faoliyati natijasida tinmay o‘zgaradigan sayyoramiz qobig‘ining bir qismidir. Biosfera tushunchasini fanga birinchi bo‘lib avstriyalik geolog olim Ye. Zyuss 1875 yilda kiritgan. Biosfera haqidagi to‘liq ta’limotni rus olimi V. I Vernadskiy yaratdi va rivojlantirdi. Biosferaning yuqori dengiz sathidan 15–25 km. balandlikda, atmosferaning quyi qatlami troposferada joylashgan. Bu chegarada quyosh nurlari energiyasi ta’sirida kislorod ozonga aylanadi va ozon ekrani hosil bo‘ladi. U tirik organizmga ko‘p miqdorda zararli ta’sir ko‘rsatuvchi kosmik va ultrabinafsha nurlarning asosiy qismini Yer yuzasiga o‘tkazmaydi.

Sayyoramizda yashaydigan hamma tirik organizmlarning yig‘indisi biosferaning tirik moddasini tashkil qiladi. Biosferadagi tirik moddalarning umumiy massasi biomassa deyiladi. Hozirgi davrda Yerda yashaydigan o‘simliklaming 500 mingga yaqini, hayvonlarning 1,5 milliondan ortiq turi aniqlangan. Shularning 93%i quruqlikda, 7% suvda yashaydi. Quruqlikda o‘simliklar umumiy biomassaning 99 foizidan ortig‘ini tashkil etadi. Hayvonlar biomassasi esa 1 foizdan ham kamroq. Okeanlar biomassasining asosiy qismini (93,7%) zoobiomassa tashkil etadi. Qutblardan ekvatorgacha biomassa miqdori va turlar xilma-xilligi, hayot zichligi ortib boradi. Suv biosferaning muhim tarkibiy qismlaridan bo‘lib, tirik organizmlarning yashashi uchun eng zarur omillardan biri hisoblanadi. Organizmlar hayoti uchun zarur bo‘lgan kislorod va karbonat angidrid gazlari suvda yaxshi eriydi. Suvdagi hayvonlar nafas olishi jarayonida karbonat angidrid ajratadi, o‘simliklar yesa fotozintez natijasida suvni kislorod bilan boyitadi. Sayyoramizdagi fotosintez jarayonining 30 foiziga yaqini suvda kechadi. Suvning tubida hayot kechiradigan organizmlar bentos (yunoncha bentos – chuqurdagi degan so‘zdan olingan) deb ataladi. Okean tubidagi bakteriyalar organik moddalarni minerallashtirib, anorganik moddalarga aylantiradi.

Yerda moddalarning davriy aylanishini ta’minlovchi birdan bir manba quyosh energiyasidir. Yashil o‘simliklar quyosh energiyasi ta’sirida anorganik moddalardan organik moddalarni sintezlaydi. Boshqa organizmlar (geterotroflar) esa bu moddalarni parchalaydi.

Bir yil davomida Yerga tushadigan quyosh energiyasi 10,5x l020 kJ ni tashkil etadi. Bu energiyaning 42 foizi Yerdan koinotga qaytariladi, 58 foizi yesa atmosferaga va tuproqqa yutiladi, uning 20 foizini Yer yuzidan qaytaradi. Yerga yutilgan quyosh energiyasining 10 foizi suv va tuproqdan suvni bug‘lantirish uchun sarflanadi. Har daqiqada 1 milliard tonnaga yaqin suv Yer yuzasidan bug‘lanadi. Suvning havzalar va quruqlik o‘rtasida tinmasdan aylanib turishi Yerdagi hayotni hamda o‘simlik va hayvonlarning jonsiz tabiat bilan munosabatini ta’minlovchi asosiy omillardan biridir. Yerga yetib keladigan quyosh energiyasining faqat 0,1–0,2 foizidan yashil o‘simliklar fotosintez jarayonida foydalanadi. Bu energiya suvni bug‘lantirish va Yer yuzasini isitishga sarf bo‘ladigan energiyaga nisbatan juda kam bo‘lsa ham kimyoviy elementlarning davriy aylanishini ta’minlashda juda katta rol o‘ynaydi.

Yana o‘qing:  Oltindan qimmat o‘simlik

Insonning biosferaga ta’sirining boshlanishi neolit davriga to‘g‘ri keladi. Insoniyat tarixining dastlabki bosqichlarida uning tabiatga ta’siri uncha sezilarli bo‘lmagan, u tabiatdan nimani olsa, uni tabiatga qaytargan. Biosferadagi moddalarning biotik davriy aylanishini buzmagan. Asta-sekin insonning tabiatga ta’siri kuchayib bordi. Butun tarix davomida insoniyat o‘z mehnat faoliyati bilan atrof – muhitdan iloji boricha ko‘proq va tez foyda olishga harakat qilib keldi. Tabiiy resurslar tobora kamayib ketmoqda. Ko‘plab o‘simlik va hayvonlarning turlari yuqolib ketdi. Muhit, sanoat, turmush chiqindilari, zaharli kimyoviy moddalar tomonidan ifloslanmoqda va zaharlanmoqda. Tabiiy ekosistemalar, ko‘llar, o‘rmonlar yo‘qolmoqda. Biosferadagi bunday noqulay o‘zgarishlar o‘simliklar va hayvonot olamiga, insonning o‘ziga ham kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Masalan, Tojikistonning Tursunzoda shahri atrofida qurilgan alyuminiy zavodi chiqindilari Surxondaryo viloyatidagi mashhur anorzorlar hosilining keskin kamayishiga, mevalarining maydalashib ketishiga, hayvonlar va odamlar orasida kasalliklarning ko‘payishiga olib keldi. Navoiy shahridagi kimyo zavodlari chiqindilari ham atrof-muhitni zararlashda katta rol o‘ynamoqda. Sug‘orish va sanoat korxonalari uchun suvdan isrofgarchilik bilan foydalanish kichik daryolarning qurib, yiriklarining suvini keskin kamayib ketishiga olib kelmoqda. Bunday ayanchli hodisalarning tipik misoli Orol dengizi muammosidir. Mineral o‘g‘itlarning, chorvachilik chiqindilari va kanalizatsiyaning suv havzalariga qo‘shilishi suvda azot va fosforning ortib ketishiga, suvo‘tlarining ko‘payishi, kislorod zaxirasi kamayishi natijasida suvdagi hayvonlar, ayniqsa, baliqlarning qirilib ketishiga olib keldi.

Tabiatni muhofaza qilish – tabiat boyliklaridan ratsional, oqilona foydalanish demakdir. Bu yesa tabiatning xilma-xilligini o‘z holatida saqlashga, aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga olib keladi. Biosferani saqlashda tabiiy boyliklardan tejab foydalanadigan sanoat va qishloq xo‘jalik texnologiyasiga o‘tish katta ahamiyatga ega. Buning uchun: 1. Qazib olinadigan tabiat boyliklaridan to‘liq foydalanish. 2. Ishlab chiqarish chiqindilaridan qayta foydalanish, chiqindisiz texnologiyani rivojlantirish. 3. Energiya olishning ekologik toza manbalaridan – quyosh, shamol, okeanlar kinetik energiyasidan, Yerosti issiq suvlari energiyasidan foydalanishni yo‘lga qo‘yish zarur. Ayniqsa, chiqindisiz texnologiya katta samara beradi. Buning uchun yopiq sikllarda ishlaydigan texnologiyani yulga qo‘yish kerak. Chiqindilami atmosferaga chiqarilmay yoki oqizib yubo – rilmay yana qayta o‘sha siklning o‘zida foydalaniladi. Hozirgi mavjud turlarni asrash ham biologik, ekologik va madaniyat nuq – tayi nazaridan katta ahamiyatga yega. Hozirgi davrda yashayotgan har bir tur ko‘p asrlar davomidagi yevolutsiyaning mahsuli bo‘lib, o‘z genofondiga yega. Mavjud turlarni mutlaq zararli yoki foydali deb hisoblash mumkin yemas. Zararli deb hisoblangan turlar vaqt o‘tishi bilan foydali bo‘lib qolishi mumkin. Shuning uchun ham mavjud turlarning genofondini asrash juda katta ahamiyatga yega. Bizning vazifamiz uzoq yillar yevolutsiya jarayonida yetib kelgan hamma tirik organizmlami saqlab qolishdir. Tabiatni muhofaza qilish maqsadida 1971-yili xalqaro “Biosfera va inson” dasturi (MAB) qabul qilingan. Ushbu dastur doirasida O‘zbekiston Respublikasida ham alohida dastur ishlab chiqqan. “Biosfera va inson” dasturi atrof – muhitning holatini va insonning biosferaga ta’sirini o‘rganadi. Bu dasturning asosiy vazifasi hozirgi davrdagi inson xo‘jalik faoliyatining kelajakda qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aniqlash, biosfera boyliklaridan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish choralarini ishlab chiqishdir. Biosferani muhofaza qilish choralari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, Oliy Majlis va hukumat qarorlarida belgilangan. Tabiat tomonidan yaratilgan boyliklarni asrash va ko‘paytirish, biosferani muhofaza qilish har birimiz burchimizdir. Buni unutmasligimiz lozim.

Yana o‘qing:  Yuksak ishonch marralarga eltadi

 

Jamila Dadanova,

Angren tibbiyot kolledji, kimyo – biologiya kafedrasining mudiri

ekolog.uz

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: