Robot-jurnalist gazetada ishlamoqda
Xitoydagi Syao Nan ismli robot-jurnalist bir soniyada bitta maqola yoza oladi. U Janubiy Xitoyning Guandun viloyatidagi “Nanfan dushibao” gazetasida “ishlaydi”.
Sun’iy ong elementlari bo‘lgan elektron qurilma yaratuvchilari so‘zlariga ko‘ra, u kichik bo‘lgan izohlar, shuningdek, katta muharrirlik maqolalarini ham tayyorlashi mumkin.
– U oddiy muxbirlarga qaraganda, ma’lumotlarni samarali qayta ishlashda ko‘p foyda keltiradi. Qolaversa, uning asosiy xususiyati tez maqola yoza olishi, – deydi Pekin universiteti robototexnika sohasi mutaxassisi Van Syaotszyun.
Biroq robot-jurnalistda ham kamchiliklar yo‘q emas. Van Syaotszyunning so‘zlariga ko‘ra, qurilma hozircha muloqot qila olmaydi ya’ni Syao Nan berilgan savollarga javob berib, ma’lum bir fikrni mustaqil ravishda bildirish imkoniga ega emas.
G. EGAMBERDIYEVA