Minnatdorlik maktabi
Men Buxoro viloyatining Peshku tumanida yashayman. Yoshim 75 da. Yaqinda yuragim bezovta qilib, kasalxonaga tushib qoldim. Shukr, mendek keksalar baxtiga qo‘li yengil, malakali shifokorlarimiz bor ekan. Ularning cheksiz mehri tufayli, salomatligim tiklanib, yana oyoqqa turdim.
Ayniqsa, Toshkentdagi 1-Respublika kardiologiya kasalxonasi bosh shifokori Lazizjon Ibragimov, shifokor Roza Sharipova, Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tuman markaziy kasalxonasi bosh shifokori Haydar Boboxonov, terapiya bo‘limi shifokori Ra’noxon Mirboboyeva, shifoxonaning tez tibbiy yordam bo‘limi mudiri Muhiddin Normatov, lor shifokori Malik Jadgerovlarga o‘zimning cheksiz minnatdorligimni bildiraman. Tilagim, ana shunday qo‘li yengil shifokorlarimiz baxtimizga omon bo‘lsin!
Qodir HAYITOV,
Buxoro viloyati, Peshku tumani, Po‘stido‘z qishlog‘i