Go‘dakning me’da-ichak tizimi buzilsa… yoxud chaqaloqlar disbiozi qanday kasallik?
Davolash
Ichak disbiozida eng yaxshi davo go‘dak uchun ona suti hisoblanadi. Chaqaloqni emizishning iloji bo‘lmagan hollarda pre yoki probiotiklari bor qo‘shimchalar beriladi.
- “Semfer bifidus” – laktozali va “Omneo”, “Mameks” nomli aralashmalari probiotikli hisoblanadi.
- Probiotikli aralashmalarga esa “Laktofidus” bifidobakteriyalar bilan boyitilgan hamda “NAN” nordon qatiqli – bifidobakteriya va nordon sutli streptokokk bilan boyitilgan mahsulotlar kiradi.
Disbakteriozda dori vositalari bilan davolash ikki bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich. Mikrob dekontaminatsiyasi ingichka ichakda bakteriya o‘sishi yuqori bo‘lganda, shartli – patogen (zararli) flora aniqlanganda o‘tkaziladi. Mahalliy ta’sir qiluvchi, obligat (asosiy) foydali mikrofloraga ta’sir qilmaydigan dori vositalari tanlanadi.
Bemorda ichakdan tashqari yana boshqa xastalik o‘choqlari bo‘lganda, flora sezgirligiga ko‘ra antibiotikli davo kursi amalga oshiriladi.
Kandidozda zamburug‘larga qarshi dori vositalari qo‘llaniladi.
Ushbu davo muolajasi 1-bosqichda 5-7 kun davom etadi.
Disbiozning 1-darajasida klinik belgilar bo‘lmaganda antibiotiklar qo‘llanilmaydi.
2-Bosqich. Ichak mikroflorasini me’yorga keltirishda probiotiklar qo‘llaniladi (ichakdagi normal florani saqlaydigan dori vositalari), bioterapevtik dori vositalari sifatida ishlatiladigan mikroorganizmlar ham ichak mikraflorasi faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi.
Probiotiklarning ta’sir mexanizmi:
– ichak florasini o‘sishini ta’minlaydi,
– adgeziya retseptorlariga konkurent ta’sirni oshiradi,
– immun tizimini kuchaytiradi.
Shunday qilib emizikli onalar ham go‘daklari sog‘lom bo‘lishi uchun sifatli, to‘yimli hamda to‘g‘ri ovqatlansalar maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yana ular chaqaloq xastalanib qolgan holatlarda bolalar shifokoriga o‘z vaqtida murojaat etishlarini tavsiya etamiz. Zero, xoh u emizikli ona, xoh u yangi tug‘ilgan chaqaloq bo‘lsin bemorlik holatida o‘zboshimchalik bilan uyda davolanish yoki atrofdagilarning “beminnat maslahatlari”ga amal qilish yomon oqibatlarga olib keladi.
Davomi, boshi o‘tgan sonda.
Dilfuza TURDIYEVA,
ToshVMOI “Neonatologiya” kafedrasi dotsenti