15 ming bolaga manzilli yordam ko‘rsatildi
Poytaxtimizda “Ijtimoiy inklyuziya: bolalar ijtimoiy moslashuvidagi yangi yondashuvlar” mavzuida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda “Sen yolg‘iz emassan” respublika bolalar jamoatchilik jamg‘armasi faoliyati davomida 15 ming bola manzilli yordam olgani aytib o‘tildi.
Xalqaro konferensiya yakunida imkoniyati cheklangan, ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarning qiziqishlari hamda imkoniyatlarini inobatga olgan holda ijtimoiy muhofaza qilish va integratsiyalash samaradorligini oshirish, ularni to‘laqonli mustaqil hayot kechirishi uchun kasbiy va jismoniy tayyorlash tizimi bo‘yicha kerakli tavsiyalar ishlab chiqildi.
“Sog‘lom avlod” muxbirlari xabarlari va internet materiallari asosida tayyorlandi