Yangi bank tashkil etiladi
Yurtimizda yangi – “O‘zagroeksportbank” aksiyadorlik tijorat banki tashkil etiladi.
Bundan ko‘zlangan maqsad eksport qiluvchi tashkilotlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, meva-sabzavot mahsulotlarining eksport imkoniyatlarini samarali va barqaror rivojlantirishni ta’minlash, agrosanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat.