Jismoniy mashqlar organizmdagi yallig‘lanish darajasini kamaytiradi
Kaliforniya universiteti olimlari tadqiqot o‘tkazishdi. Unda 47 nafar ko‘ngilli ishtirokchi qatnashdi.
Ishtirokchilar yugurish yo‘lagi bo‘ylab aylanishdi. Harakat tezligi ularning jismoniy tayyorgarlik darajasiga qarab belgilandi. Mashg‘ulot boshlanishida va 20 daqiqa o‘tgandan so‘ng qatnashchilardan tajriba uchun qon olindi. Tekshiruvlardan ma’lum bo‘lishicha, 20 daqiqalik mashg‘ulotdan keyin qonda yallig‘lanishga sabab bo‘luvchi hujayralar 5 foizga kamaygan. Olimlar bu kashfiyot surunkali yallig‘lanish kasalliklarini davolashning yangi usullarini ishlab chiqishda yordam beradi deb umid qilishyapti. Shuningdek, jismoniy mashg‘ulot yurak, muskul va suyak uchun ham foyda keltiradi. U tana vaznini m’yorida saqlashga, kasalliklardan himoyalanishda ham katta yordam beradi.
Mirjalol Madvaliyev
tayyorladi.