Denisdan ajoyib natija

Melburnda davom etayotgan “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Australian open – 2017” musobaqasi ayni paytda o‘zining eng qizg‘in pallasiga kirdi.

Mazkur turnirning dastlabki davrasidamahoratli tennischimiz Denis Istomin xorvatiyalik Ivan Dodigga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. U navbatdagi bosqichda dunyoning ikkinchi raqamli tennischisi serbiyalik Novak Jokovichga qarshi kortga chiqib, kuchli raqibini “shov-shuv”li tarzda mag‘lub etdi. Uchinchi davrada raketka ustamiz ispaniyalik azaliy raqibi, dunyo tennis tasnifida 31 o‘rinda borayotgan Korreno Agusto Bustaga qarshi bahs olib borib, uni ham taslim etishning uddasidan chiqdi.

Chempionatning nimchorak finalida hamyurtimizga eski jarohati pand berib qo‘ydi va u bolgariyalik raqibi Grigor Dimitrovdan mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi. Ushbu nufuzli turinirdagi muvaffaqiyatli ishtirokidan so‘ng Denis Istomin qimmatli ochkolarga ega bo‘ldi.

Yana o‘qing:  Bir maqsad yo‘lida o‘zaro totuvlikda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: