Yurt tuprog‘ida yana bir giyoh

Yevropa asariumi noyob dorivor o‘simlik hisoblanib, bu o‘simlikning mamlakatimizda o‘sish xususiyatini o‘rganish va asrab qolish hozirgi kunda olimlar oldidagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Asarium qimmatbaho o‘simlik bo‘lib, xalq tabobati va tibbiyotda juda qadimdan eng noyob dori-darmonlar ishlab chiqarishda keng foydalanilgan. O‘zbekistonning tabiiy iqlim va tuproq sharoitlari asariumni o‘stirish uchun har jihatdan qulaydir.

Shu bois biz Toshkent davlat agrar universiteti magistrlari ilmiy rahbarimiz Jo‘raqul Aliyev bilan hamkorlikda ana shu dorivor o‘simlikni mahalliylashtirish ustida ilmiy-tadqiqot olib bordik. Bizga ajratilgan maydonga yangi ko‘chatlar ekib, ularning bioekologik xususiyatlarini tekshirish jarayonida kutubxonalarda mavjud asarium o‘simligining bosh­qa hududlarda o‘sishi, ekilishi va ko‘paytirilishiga doir ma’lumotlarni to‘plashga harakat qildik va uning turli xalqlar orasida Yevropa asariumi (o‘zbekcha), kopg­gen yevropeyskiy, serdechnaya oblapa, dikiy perets, myaun (ruscha), chilibuxa (qozoqcha), nardin de barra (arabcha), asarun (forscha) va boshqa nomlar bilan atalishini bilib oldik.

Asariumning ildizi va ildizpoyasi tarkibida efir moylari, oshlovchi moddalar, kraxmal, organik kislotalar va ularning tuzlari, glyukozidlar, azarin alkoloidi mavjud. Efir moyi tarkibida azaron, diazaron, azaril aldegidi (1-2%), evgenol (12-15%), mitilevgenol, bornilatsetat bo‘lib, ulardan juda qimmatbaho bo‘lgan azaron alkaloidi ajratib olinadi, shuningdek, o‘simlik barglarida yurak glikozidlari ham bor.

Asarium turkumining Yevropada 28 turidan faqatgina bir turi “Asarum europaeum” saqlanib qolgan. O‘simlikning barglari va ildizlari o‘ziga xos xushbo‘y hidga ega. O‘simlik xom-ashyosi sanoat yo‘li bilan qayta ishlanib, undan efir moyi olinadi.

O‘simlikning ilmiy nomi grek tilida “azegop” – “ko‘ngil aynish” ma’nosini bildiradi. Chunki, o‘simlik qayd qildiruvchi, ichakni tozalovchi xususiyatlarga ega. O‘simlikning butun tanasi zaharli hisoblanadi va shu sababli undan gomeopatiyada keng foydalaniladi.

O‘simlik tuproq unumdorligi (gumus) boy bo‘lgan, namlik ko‘p vaqt saqlanib turadigan, soya va yarim soyali joylarda yaxshi rivojlanadi. Quyosh yaxshi tushadigan jazirama yer maydonlarida o‘simlik umuman rivojlanmaydi va qurib qoladi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, Yevropa asariumini yetishtirish agrotexnologiyasini o‘rganish va ishlab chiqish, O‘zbekiston sharoitlariga moslashtirish va yetishtirish dolzarb masala hisoblanadi.

D.TO‘xtayeva, G.Abdalova,

Yana o‘qing:  O‘zbek roboti Rossiyada yetakchi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: