XXI asr – intellektual avlod asri
Poytaxtimizda “XXI asr – intellektual avlod asri” shiori ostida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Fan va texnologiyalarni modernizatsiyalashga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish, yosh olimlarni tarbiyalashga ko‘maklashish, ular o‘rtasida hamkorlik muhitini rivojlantirish, innovatsion g‘oya va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida beshinchi marta tashkil etilgan “XXI asr – intellektual avlod asri” ilmiy-amaliy konferensiyasiga ana shu talablar asosida tayyorgarlik ko‘rildi.