“Yordamlaringizni darig‘ tutmang…”

Tahririyatimizga bir mushtariydan xat keldi. Unda uning og‘ir kasallikka chalingani, ammo davolanishga mablag‘i yetmayotgani haqida aytilgan. Hurmatli yurtdoshlar, ushbu xatni e’tiboringizga havola etyapmiz. Umid qilamizki, bir vatandoshimizning hayotiga befarq qarolmaysiz. Albatta, imkon doirasida yordam qo‘lini cho‘zasiz.

“Inson uchun eng  bebaho boylik – sog‘likdir. Boshimga og‘ir dard tushib, salomatlikning nechog‘li ulug‘ ne’mat ekanini anglab yetdim. Ko‘zimga hayot shirin ko‘rinadi. Bolalarimning diydoriga to‘ymayotgandek, yaqinlarimning mehriga qonmayotgandek his etaman o‘zimni. Endigina 42 yoshni qarshiladim. Bolalarimning to‘yini, nevaralarimning shodon kulgisini ko‘rishni qanchalik istayotganimni so‘z bilan ifodalash qiyin. Axir, inson nima uchun yashaydi? Farzandlarining kamolini ko‘rishni, ularning farovon turmushidan rohatlanib, duoga qo‘l ochib, qadri baland otaxonu, munis va mukarrama onaxon bo‘lishni orzu qiladi. Xususan, men ham. So‘nggi yillarda o‘zimni yomon his eta boshladim. Malakali tibbiyot xodimlari ko‘rigidan o‘tishga qaror qildim. Natija esa kutganimizdek chiqmadi. Jigar faoliyatining buzilishi (sirroz) tashxisini qo‘yishdi. Dunyo ko‘zimga qorong‘u ko‘rindi. Har olayotgan nafasingiz omonat ekanini, bir kuni shundan bebahra qolishingiz mumkinligini anglash, ammo hech bir chora topolmasdan ozor chekishdan ortiq azob bo‘lmasa kerak. Davolanay desam, to‘rt farzandim bilan jo‘jabirday jonmiz. Oilamizning moddiy ahvoli o‘ziga yarasha.

Xalqimiz azaldan mehr-oqibatli, saxovatli xalq sifatida nom qozongan. Birovning dardi uchun kuyib-pishadi. Men siz aziz yurtdoshlarimdan madad so‘rab murojaat etmoqchiman. Iltimos, imkon doirasida moddiy yordamlaringizni darig‘ tutmang. Yaratganning o‘zi rizqingizni mo‘l, toleingizni baland qilsin, ilohim.

Qalbi saxovatga to‘la aziz insonlar, agar menga muruvvat ko‘rsatmoqchi bo‘lsangiz quyidagi hisob raqamiga MFO: 00869, INN: 202424636, № 23120000600000869372, (plastik kartochkadan № 23118000500000869403) Sergeli filiali NB VED RUz. Telefon: (+99890) 943-14-38.

E’tiboringiz uchun katta rahmat!”

Guluzroxon O‘RINBOYEVA

Yana o‘qing:  Oramizdagi Yulduz

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: