Harbiy hayot mening taqdirimda…

Dildora MATYAKUBOVA,

(harbiy oila farzandi, hamshira):

Men Mudofaa vazirligiga qarashli tibbiyot muassasasida faoliyat yuritib kelmoqdaman. Yurtimiz himoyachisi bo‘lgan fidoyi insonlarning sog‘ligini saqlashga burchliligimiz kasbimning nechog‘lik zalvorli ekanini bildiradi.

Otam harbiy shifokor bo‘lganliklari sababli bu sohaga qiziqishim yoshligimdan paydo bo‘lgan. Shu sababli ham o‘z kasbimga muhabbatim kuchli.

Otamdan o‘rganganlarim juda ko‘p. Ular har doim “odamlarning dardiga darmon bo‘lishdek vazifani o‘z bo‘yniga olgan inson, avvalo shirinsuxan bo‘lishi lozim”, deb uqtirib kelganlar. Negaki, shirin kalom dillarga umid bag‘ishlaydi, tanadagi dardni chekinishga majbur qiladi.

Kelgusida maqsadlarim ulkan. Ya’ni Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kirmoqchiman.

Ha, bu yoshlarning orzulari, maqsadlari olamjahon. Ular o‘z shaxsiy fikriga ega, o‘z tanlagan kasbi etagini mahkam tutib jamiyatimizning turli sohalarida shahdu shijoat bilan faoliyat yuritib, ona Vatanimiz rivojiga munosib hissalarini qo‘shmoqdalar. Ana shunday har tomonlama yetuk, zamonaviy ilm-fandan xabardor, vatanparvar yoshlarimiz bor ekan, yurtimiz bundan-da taraqqiy etib, yaqin yillarda dunyoning rivojlangan davlatlari safidan joy olishi, shubhasiz.

 

Farruh JO‘RAYEV,

“Kamolot” YOIH a’zosi, talaba:

Kichkinaligimdan katta bo‘lsam yurist bo‘laman, deya niyat qilganman. Shuning uchun maktabda ko‘proq huquqshunoslik faniga mehr qo‘yib, yaxshi o‘qishga harakat qildim. Ammo o‘qishni tamomlab o‘zim orzu qilgan oliy ta’lim dargohiga kirolmadim. Lekin hecham tushkunlikka berilmadim. Balki o‘zim tanlagan yo‘ldan og‘ishmay, ko‘proq o‘qib-o‘rganishga intildim. Huquqshunoslik fani bo‘yicha tayyorlov kursiga qatnadim. Shuning barobarida mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida haydovchilik kursida o‘qiy boshladim. U dargohda haydovchilikka taalluqli darslardan tashqari armiya hayotiga doir saboqlar ham oldik. O‘quv kursini tugatgandan so‘ng, mardlik maktabiga borishga qaror qildim. Tibbiy tekshiruv va saralash testlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, armiyaga otlandim.

Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmatni boshlaganimda mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida olgan bilim va ko‘nikmalarim, ayniqsa, asqatdi. Mardlik maktabida ham ma’nan, ham jismonan chiniqdim.

Xizmatim so‘ngida esa har tomonlama o‘zini ko‘rsatgan xizmatdoshlarim kabi men ham harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi bilan uyimga qaytdim. O‘sha yili o‘zim orzu qilgan Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirishga muvaffaq bo‘ldim. Bugun talabaman. Shu bilan birga, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining universitetdagi guruh yetakchisi sifatida o‘qish va jamoat ishlarida faol qatnashib kelmoqdaman.

Yana o‘qing:  Bu aslida ilk qo‘ng‘iroqdir

 

Bahriddin XUSHBOQOV yozib oldi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: