Ajib qishlog’im
Afsonaviy, rivoyatga kon,
Dalasida tolmaydi dehqon.
Ertaklarga bo'ladi makon,
Moziylardan so'ylovchi qo'rg'on.
Mayda-mayda bo'lib ohista,
Nastarinlar gullar har yili.
Dilingizga xush yoqar har on,
Maysalarning so'qmoqli yo'li.
Ichib ko'rib soylar suvini,
Yosharasiz navqiron yoshga.
Oppoq tonglar bag'rin ochadi,
Ta'zim qilib nurli quyoshga.
Odinaxon ANORQULOVA,
Farg'ona viloyati Uchko'prik tumanidagi
26-maktab o'quvchisi