Fayzu baraka ahillikda

Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi “Soliobod” mahalla fuqarolar yig‘inida 3 ming 800 nafardan ortiq aholi ahil va hamjihatlikda istiqomat qilmoqda.

Ayni paytda 28 tadbirkorlik sub’yektida faoliyat yuritayotgan mahalla ahli tomorqadan ham yaxshigina daromad olmoqda. Hududdagi fayzu baraka, oilalardagi farovonlik boisi ham shunda.

– Yangi yilning mamlakatimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilingani barchaning dilidagi gap bo‘ldi, – deydi “Soliobod” MFY raisi Mansur Xayriddinov. – Aholini o‘ylantirayotgan masalalar, ular bildirayotgan takliflarning chuqur o‘rganilishi turmush darajasi yanada yuksalishi va ish samaradorligi oshishiga xizmat qiladi.

Farhod ABDURASULOV,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  Onalik va bolalik: O‘zbekiston tanlagan yo‘l yoxud dunyoda inqirozga yuz tutayotgan qadriyat

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: