Mo‘jizalar yili bo‘ldi

Xushnud XUDOYBERDIYEV,

“O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni sohibi:

– Men mo‘jizaga qattiq ishonaman. Har yangi yil kelishi oldidan yangi orzular eshik qoqayotganini sezaman.

2016 yil chinakam mo‘jizalar yili bo‘ldi, desam aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Yaratgan menga o‘zim uchun munosib taqdirdoshni nasib etdi. U bilan birga ota-onamdek aziz insonlar ham hayotimga kirib keldi. Umrim kitobida yangi sahifa ochildi. Endi bu kitobning qahramoni ikkita bo‘ldi. Men va turmush o‘rtog‘im.

Ortda qolayotgan “Sog‘lom ona va bola yili” xalqimiz hayotida misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar yili bo‘ldi. Yangi – 2017 yil esa O‘zbekiston tarixida yangi sahifa ochib bermoqda.

Ko‘pning duosi ijobat deyishadi. Yangi yilga yangicha kayfiyat, sog‘lom ruhiyat, yangi kuch-quvvat bilan qadam qo‘yar ekanmiz, kelayotgan yilning fayzli bo‘lishini yakdillik bilan niyat qilaylik. Niyati yaxshi, maqsadi ezgu odamlarning yuzi ham, yo‘li ham yorug‘ bo‘lishi, shubhasiz.

Tilagim, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yilida xalqimizning dilidagi barcha ezgu orzulari ro‘yobga chiqsin. Yer yuzida tinchlik, osoyishtalik hukmron bo‘lsin!

Barcha yurtdoshlarimizni, jumladan, “Sog‘lom avlod” gazetasi mushtariylarini bayram bilan chin yurakdan tabriklayman. Barchangizga faqat ezgulik va yaxshilikni, muhimi, umringizga mazmun beruvchi mo‘jizalarni sog‘inib qolaman.

Yana o‘qing:  Polvonim, orim, g‘ururim

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: