Prezident sovg‘alari hududlarga jo‘natildi

Yangi yil bolajonlar uchun unutilmas bayramlardan biri. Ayniqsa, ushbu kundagi sirli sovg‘alar ular kayfiyatini yanada ko‘taradi. Muhtaram Prezidentimizning sovg‘asini olish esa kichkintoylarga ikki hissa quvonch ulashadi.

Istiqlol yillarida barkamol avlod tarbiyasi, ularning ma’naviy kamoloti davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan, shuningdek, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlatimizning doimiy e’tiboridadir.

– Har yili Yangi yil arafasida “Prezident archasi” shodiyonalari tinch-osoyishta kunlarimiz, osmonimiz musaffoligiyu, istiqlol ne’matlariga shukronalik tuyg‘ulari bilan uyg‘un bo‘ladi, – deydi Xalq ta’limi vazirligining Axborot xizmati rahbari Bahriddin Shayvaliyev. – Bolalar uchun beg‘ubor orzu-umidlar bayramiga aylangan ushbu tantanalar davomida Prezidentimiz sovg‘alari kichkintoylarning quvonchiga quvonch qo‘shadi. Bu yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan taqdim etilgan 12 nomdagi o‘quv qurollari va 15 nomdagi shirinliklardan iborat bo‘lgan 11 ming dona sovg‘a tayyorlandi. Sovg‘alar Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlariga avtotransportda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarga “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining samolyotlari orqali joriy yilning 25-28 dekabr kunlari jadval asosida yetkazib berildi.

Sovg‘alar 29 dekabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda tashkil etiladigan “Prezident archasi” tadbirlarida kichkintoylarga tantanali ravishda topshiriladi.

 

Charos XUSHVAQTOVA

Yana o‘qing:  Ushalmagan orzulari kelayotgan yil

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: