Ko‘zi ojizlar uchun gadjet

Internetga taalluqli gadjetlar nafaqat ko‘ngilochar maqsadlarga, balki imkoniyati cheklangan odamlarning hayotini yengillashtirishga ham yordam beradi.

Shveysariyalik mutaxassislar tomonidan asos solingan “Eyra” startapi o‘tgan noyabr oyining boshida “Horus” nomli ko‘zi ojizlarga harakatlanishda ko‘maklashadigan gadjetni taqdim qilgan edi. Yaqinda startap Tech Crunch Disrupt tadbirida ushbu gadjetdan real sharoitlarda qanday foydalanishni ham ko‘rsatib berdi.

Moslama NVIDIA Tegra K1 bazasida yaratilgan elektroblok, ikkita Full HD kamerali bosh modul va maxsus quloqchinlardan tashkil topgan. Kamera atrofdagi buyumlarni aniqlab, quloqchin orqali foydalanuvchiga xabar beradi. Kuchli aniqlash algoritmlari foydalanuvchining oldida mavjud bo‘lgan ob’yektlarni tanishga ko‘maklashadi.

Hozirda qurilma beta-sinov bosqichidan o‘tmoqda.

 

G. EGAMBERDIYEVA

Yana o‘qing:  Kasbga sadoqat el-yurtga mehri sodiqlik bilan o‘lchanadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: