Shoirga ehtirom

Kuni kecha O‘zbekiston Milliy universitetida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan shu yil 7 dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash va shoir xotirasini yana bir karra yodga olish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari, taniqli shoir Sirojiddin Sayyid, adabiyotshunos olimlar – Hamidullo Boltaboyev, Nurboy Jabborov hamda shoirning o‘g‘li Xurshid Vohidov va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar atoqli shoirimiz Erkin Vohidovning hayot yo‘li, uning ibratomuz ishlari, tahririyatlardagi namunali faoliyati hamda inson sifatida yaqinlari orasida tutgan o‘rni xususida so‘z yuritishdi. Uchrashuv davomida universitetning olim va professor o‘qituvchilari so‘zga chiqib, Erkin Vohidovning ilmiy faoliyati, shoir tomonidan yaratilgan o‘quv qo‘llanmalar xususida so‘z yuritishdi. Uchrashuvning badiiy qismida esa talabalar tomonidan yig‘ilganlarga shoirning qalamiga mansub she’rlardan o‘qib eshittirildi.

– Ushbu uchrashuvda men shoirning ayrim she’rlarini ingliz tiliga tarjima qilgan holda o‘qidim, – deydi xorijiy filologiya fakulteti talabasi Mahzuna Abdurasulova. – She’rlarni tarjima qilish jarayonida ulardagi ruhiy joziba, o‘quvchi ongiga ta’sir ko‘rsata olish kabi tushunchalarning mukammal ishlanganiga yana bir karra amin bo‘ldim. O‘ylaymanki, kelajakda biz yoshlar ularning ulkan ijodiy me’rosini asrab-avaylagan holda, kelgusi avlodga munosib tarzda yetkazamiz.

Shoir tavalludiga bag‘ishlangan bu kabi kechalar respublikamizning barcha hududlarida davom etmoqda.

 

Isfandiyor BURGUTBOYEV,

O‘zMU talabasi

Yana o‘qing:  Xalq ma’naviyatining ko‘zgusi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: