Sun’iy qon kukuni yaratildi
Vashington universitetining tibbiyot maktabi tomonidan suyuq shaklga aylantirish mumkin bo‘lgan qon kukuni yaratildi.
Buning uchun kukun ichiga tozalangan suv qo‘shiladi. Mazkur qon 12 soatgacha to‘xtamasdan ishlashi natijasida bemorning to‘qimalariga kislorod yetkazib beriladi. O‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra bu turdagi kukunni qon uchun mo‘ljallangan konteynerlarda saqlash hamda u ishlab chiqarilgan paytdan bir yilgacha bo‘lgan muddatda foydalanish mumkin.
Statistik ma’lumotlarga qaraganda o‘lim holatlarining 70 foizi aynan ko‘p qon yo‘qotilishi natijasida sodir bo‘ladi. Ushbu sun’iy modda qon quyishda favqulodda vaziyatlarda ishlatiladi. Mutaxassislar asosan, donor a’zolarni ko‘chirib o‘tkazish jarayoni bilan bog‘liq hamda og‘ir jarrohlik amaliyotlarida (yurak bilan bog‘liq) qo‘shimcha variant sifatida mazkur kukunni kiritish mumkin, deb ta’kidlashmoqda.
Hozirda olimlar ushbu ixtironing salbiy va ijobiy xususiyatlari borasida tadqiqotlar olib borishmoqda.
Xurshida TOLIBJON qizi