OBODLIK KO‘NGILDAN BOSHLANADI

Istiqlol sharofati bilan xalqimiz o‘z taqdirini o‘zi belgilashga muvaffaq bo‘ldi. Ayniqsa, davlatimizning asosiy e’tibori inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, aholining turmush darajasini oshirish, fuqarolarga munosib ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratib berishga qaratildi. Shuningdek, fuqarolik jamiyatining negizi bo‘lmish oila institutlarini har tomonlama mustahkamlash, yoshlarni barkamol inson qilib tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Mustaqillik yillarida “Obodlik ko‘ngildan boshlanadi” degan chuqur mazmunli ibora xalqimiz o‘rtasida keng ommalashib, odamlarimiz bunyodkorlik va ijodkorlik nafasi bilan yashashga odatlandi.

2013 yilning Prezidentimiz tashabbusi bilan “Obod turmush yili” deb nomlanishi o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra, insonparvarlik tamoyillarini o‘z ichiga olgan yuksak ezgu maqsadning mantiqiy davomidir. Mazkur yilga bunday nom berilishi zamirida har bir odam, har bir oila, qolaversa, butun xalqimiz ko‘nglidan o‘rin olgan ezgu ishlarni amalga oshirish, taraqqiyotimizni jadallashtirish, turmushimizni yanada farovon qilish kabi yuksak maqsadlar mujassamligini barchamiz yaxshi anglab turibmiz.

Obod hayot degan tushuncha azal-azaldan xalqimiz ongu tafakkurida avvalambor farovonlik, to‘kinchilik, mo‘l-ko‘lchilik, qut-baraka, ma’nosini o‘zida mujassam etib keladi. Shuning uchun ham bugungi kunda xalq farovonligi tushunchasi Vatan ravnaqi va yurt tinchligi degan, biz uchun eng aziz va muqaddas qadriyatlar bilan birga milliy g‘oyamizning asosiy mazmun-mohiyatini tashkil etmoqda.

Shuni ta’kidlash kerakki, obod degan so‘zning ma’nosini biz juda keng va chuqur tushunamiz. Ya’ni har bir inson turmush obodligini, eng avvalo, ichki dunyosining obodligi, ma’naviyatining yuksakligi, oilasiga, yaqinlariga shu asnoda ona Vatanga, elu yurtga mehr-muhabbati va sadoqati bilan bog‘laydi.

Joriy yilning “Obod turmush yili” deb e’lon qilinishi va Prezidentimizning 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzalaridan kelib chiqqan holda adliya organlari va muassasalari oldida turgan muhim ustuvor vazifalari, qonun ijodkorligi, vazirlik va idoralarning mazkur yo‘nalishdagi faoliyatiga uslubiy yordam ko‘rsatish, davlat organlarining huquqiy targ‘ibot ishlarini muvofiqlashtirishni takomillashtirish, huquqiy ta’lim sifati, ijro intizomi bo‘yicha mas’uliyat va shaxsiy tashabbuskorlikni oshirish, shartnomaviy-huquqiy munosabatlarni yanada kengaytirish, tadbirkorlik sub’yektlarini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, yuridik xizmat sohasida qonuniylikni ta’minlashdan iborat bir qancha vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yana o‘qing:  “Bori elga yaxshilik qilg‘ilki, mundin yaxshi yo‘q...”

Ishonchimiz komilki, “Obod turmush yili” da mamlakatimiz taraqqiyoti va yuksalishi yangi bosqichga ko‘tariladi.

Mavluda MANSUROVA,

Toshkent shahar Shayxontohur tumani 7-sonli davlat notarial idorasi katta notariusi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: