Farzandlikka olishning qonuniy tartibi

oilalar mustahkamligi va yosh avlod kamolotida muhim o‘rin tutadi

Mamlakatimizda yoshlar, ayniqsa, voyaga yetmaganlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yosh avlodni barkamol shaxslar etib voyaga yetkazish, ularning huquqlarini kafolatli himoya qilishga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan mustahkam normativ-huquqiy baza yaratilib, yildan yilga zamon talablariga mos ravishda o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish asosida takomillashtirilib borilayotganini alohida ta’kidlash joiz.

2013 yil 30 aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, Fuqarolik protsessual kodeksi “Farzandlikka olish” deb nomlangan yangi 311-bob bilan to‘ldirildi. Qonunchilikdagi mazkur yangilik jamiyatimizning asosi bo‘lmish oila institutini yanada mustahkamlash va rivojlantirishga, jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk avlodni tarbiyalashda oilaning rolini oshirishga hamda oilaviy munosabatlarda qonuniylikni ta’minlashda sud organlarining ahamiyati va nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

Farzandlikka olish haqidagi ariza bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi sudga murojaat qiladigan bo‘lsa, ushbu ariza hududiy sudlovlilik qoidasiga binoan, farzandlikka olinayotgan bolaning yashash joyidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo (tuman, shahar) sudlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Basharti, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan bolani farzandlikka olish haqidagi ariza bilan murojaat qilgan taqdirda, bunday arizalar turdosh sudlovlilik qoidasidan kelib chiqqan holda, bola yashaydigan hududdagi tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, hal qilinadi.

Farzandlikka olish jarayonida qonuniylikni ta’minlash va farzandlikka olish ishiga mas’uliyat bilan yondashish maqsadida, qonunchilikda farzandlikka olish haqidagi arizalarga nisbatan bir qator talablar qo‘yilgan. Amaldagi Fuqarolik protsessual kodeksining 2852-moddasida aynan ushbu holatlar batafsil bayon qilingan.

Mazkur kodeksning 2855-moddasi talabiga asosan, farzandlikka olish haqidagi fuqarolik ishlari, albatta, vasiylik va homiylik organi hamda prokuror ishtirokida ko‘rib chiqilishi shart.

Shuningdek, farzandlikka olish haqidagi fuqarolik ishlarini ko‘rish jarayonida ishda ishtirok etuvchi shaxslarning shaxsiy hayotiga doir ma’lumotlar oshkor bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik va farzandlikka olishning sir saqlanishini ta’minlash maqsadida, ushbu toifa ishlar yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi.

Yana o‘qing:  O‘z salomatligimizga mas’ullik hushyorlikka chorlaydi

Xulosa qilib aytganda, farzandlikka olishning sud tartibida amalga oshirilishi turli qonunbuzilishlarning oldini olibgina qolmay, oilalar mustahkamligini ta’minlash, bolaning oilada tarbiyalanish va ota-ona g‘amxo‘rligidan bahramand bo‘lish kabi ezgu maqsadga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

 

Dilafro‘z ZAYNIYEVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: