Konstitutsiya – baxtimiz poydevori

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 24 yil to‘lishi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ushbu sana munosabati bilan Parkent Agrosanoat kasb hunar kollejida

“Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” mavzuida tadbir tashkil etildi.

Shinam zal bayramona bezatildi. Devorlarga konstitutsiyamizning boblari yozilgan plakatlar ilindi. O‘quvchilar Bosh Qomusimizning har bir bob, har bir moddasi haqida to‘lqinlanib, o‘z fikrlarini bildirishdi. “O‘zbekiston solnomasi – uning dunyo hamjamiyatida tutgan o‘rni” mavzuidagi keng qamrovli chiqishni yoshlar katta hayajon bilan tingladi. Shuningdek, ular ijrosida Vatan haqidagi she’r va qo‘shiqlar yangradi.

Faol o‘qituvchilar – Shoira Eshxo‘jayeva va Farrux Ro‘zmatov tadbirning qiziqarli o‘tishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdi.

Tadbirda tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z. Maqsudova, kollej direktori Sh. Xo‘jayeva, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Murod Orziyev ishtirok etdi.

Gulchehra ShOMALIKOVA,

Parkent agrosanoat kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Baxt va bahor kuychisiga ehtirom

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: