AJDODLAR YODI – O‘QUVCHILAR NIGOHIDA

Hozirda yurtimiz bo‘ylab Alisher Navoiy va ­Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan badiiy kechalar o‘tkazilmoqda. Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 261-maktabning anjumanlar zalida ham ushbu sana munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Kechada o‘quvchilar bu ikki bobokalonimiz hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi bir-biridan go‘zal chiqishlari bilan barchada katta taassurot qoldirdi.

Ushbu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad o‘qituvchilarning adabiyot darsligida Navoiy va Bobur haqida olgan bilimlarini yanada mustahkamlash hamda yosh qalblarda g‘urur va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlashdan iboratdir. Maktabning “Yosh qalamkashlar”, “Musiqa”, “Drama” to‘garagi a’zolari tadbirga yanada ko‘rk bag‘ishladilar.

Aytish mumkinki, tadbir ishtirokchilari bu ikki buyuk ajdodlarimiz ijodi, hayoti haqida go‘zal g‘azallar, sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar, betakror raqslar orqali ko‘pgina ma’lumotlar olishdi. Ushbu maskanda o‘qib, hozirda elning nazariga tushgan xonanda Dilmurod Musayev ham ushbu tadbirda ishtirok etib, Navoiy g‘azallariga bastalangan qo‘shiqlari bilan barchani xushnud etdi.

Qahramon Fofurov,

Toshkent davlat agrar universiteti talabasi

Yana o‘qing:  EKOLOGIYa VA JAMOATCHILIK NAZORATI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: