Ona yurt ohanglari

yosh musiqachilar o‘z mahoratini namoyon etishi uchun keng imkoniyat

Navqiron avlodni bolalikdan musiqaga oshno etish, ularning ma’naviy dunyosini yanada boyitish, yurtimiz va jahon san’atining eng yuksak namunalaridan bahramand etishga oid ezgu sa’y-harakatlar yuksak samara berayotir.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini kashf etish, musiqa va san’atga qiziqishni yanada kuchaytirishga qaratilgan tanlovlar, festivallar o‘tkazilmoqda.

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, Bastakorlar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan “Ona yurt ohanglari” II xalqaro musiqa tanlovi ham shular jumlasidandir.

2014 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan “Ona yurt ohanglari” xalqaro musiqa tanlovi musiqa ta’limini ravnaq toptirishga doir amaliy chora-tadbirlar natijasini tahlil etish, yosh musiqachilar o‘z mahoratini namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratishdek maqsadlarga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatlidir.

V. Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyida yurtimiz hamda xorijiy davlatlarning yosh musiqachilari kichik guruh – 12-15 yoshli hamda katta guruh – 16-19 yoshli ishtirokchilar tasnifida ijodiy tanlovda ishtirok etdi. Ijodiy loyiha davomida qatnashchilar damli, urma torli, mizrobli, chertma torli, kamonli, urma zarbli cholg‘ularda yurtimiz va xorijiy davlatlar kompozitorlari asarlarini ijro etdi.

Ishtirokchilar ijrosini baholashda ijodiy mahorat, musiqada aks etgan falsafa va g‘oyani tinglovchiga yetkaza olish, sahna madaniyati kabi jihatlarga asosiy e’tibor qaratildi.

– Dunyoda bolalar musiqa san’atiga oid ko‘plab tanlov va festivallar o‘tadi. Biroq “Ona yurt ohanglari” tanlovi musiqa vositasida yoshlarda o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurtga muhabbat, vatanparvarlik, fidoyilik tuyg‘ularini mustahkam qaror toptirishdek ezgu maqsadga yo‘naltirilgani bilan g‘oyat ahamiyatlidir, – deydi rossiyalik musiqashunos, tanlov hakamlar hay’ati raisi Vyacheslav Kruglov.

G‘olib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Yosh musiqachilar ijrosida konsert namoyish etildi.

Vasila PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  BIRINCHI BO‘LISH BIZLARGA YARASHADI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: