Yoshlarning o‘rni qanday

Mamlakatimizdagi saylov jarayonlarida yoshlarning o‘rni qanday?

Asliddin SAYFIYEV, Toshkent shahri

 

Saylov jarayonlarida yoshlarning faolligi juda katta ahamiyat kasb etadi. Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga yoshlar jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqdalar: 18 yoshga to‘lgan va birinchi marta saylov huquqini qo‘lga kiritgan yoshlar munosib nomzodga ovoz berish uchun tengdoshlari orasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishda faol ishtirok etmoqda. Ma’lumki, joriy yilda O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Bu shubhasiz, ularni yanada faollikka, tashabbuskorlikka undaydi. Bu ezgu ishlarning bari O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan mustaqillikning ilk yillaridanoq, yoshlar masalasiga katta e’tibor berilganligining samarasidir. Saylanadigan nomzodlar ham o‘z dasturlarida, chiqishlarida aholining turli tabaqalari, xususan, yoshlar manfaatlarini qamrab oladigan masalalarga alohida urg‘u berishga harakat qiladilar.

 

Savolga poytaxtimizdagi 7-sonli Davlat notarial idorasi notariusi Odil MUSAYEV javob berdi.

Yana o‘qing:  Sil kasalligidan muhofazalashda – qonunchilik

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: