XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2013-7)

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasida Obod turmush yili mavzuiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimiz bar­qaror taraqqiyoti va yurtimizda aholi farovonligini yuksaltirish yo‘lida olib borilayotgan siyosiy-huquqiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonlariga doir batafsil ma’lumotlar tadbir ishtirokchilarining e’tiboriga havola qilindi.

Mamlakatimizning Berlindagi diplomatik vakolatxonasida O‘zbekiston Respublikasining 2012 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yakunlari va “Obod turmush yili” deya e’lon qilingan 2013 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

“Shulz active reisetage” 20-Drezden mintaqaviy sayyohlik yarmarkasi doirasida mamlakatimiz sayyohlik salohiyatining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi tomonidan Germaniyaning “Shulz active reisetage GmbH” kompaniyasi va O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan “Turkestan Travel” sayyohlik kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlikda uyushtirildi.

Yana o‘qing:  AJDODLAR YODI – O‘QUVCHILAR NIGOHIDA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: