IFFHS reytingi

Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) bugun dunyo terma jamoalarining navbatdagi reytingini e’lon qildi. Ushbu reyting jamoalarning 2012 yil 1 fevralidan 2013 yil 31 yanvarigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida rasmiy o‘yinlarda qayd etgan natijalari asosida tuzilgan.

So‘nggi yillarda Top-400ning doimiy a’zosiga aylanib qolgan “Paxtakor” va “Bunyodkor” klublari reytingda yuqoriga ko‘tarilgan. “Qaldirg‘ochlar” avvalgi reytingda 118-o‘rinda va 2 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilishga erishdi hamda ushbu klub Osiyo jamoalari orasida 5-pog‘onani qayd etgan. “Paxtakor” esa yangi mavsumni IFFHS reytingida 296-o‘rinni egallagan jamoa bo‘ldi.

Reytingda ketma-ket 22 oydirki, “Barselona” klubi bosh­qarib kelmoqda. Ikkinchi o‘ringa esa YECHLning amaldagi g‘olibi – “Chelsi”ni ortda qoldirgan holda, “Atletiko” jamoasi ko‘tarilib oldi. Madridliklar ochkolar bo‘yicha “Barsa”ga judayam yaqinlashib olganini ta’kidlash lozim. Ularning ochkolari orasidagi farq 9 ochkoni tashkil qilmoqda.

Darvoqe, Madridning yana bir klubi – “Real” esa IFFHS tomonidan yanvar oyining eng yaxshi jamoasi deb topildi.

Manba:Stadion.uz

Yana o‘qing:  Eng katta yorug‘lik diodli issiqxona

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: