4 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni

Shavkat Mirziyoevning Surxondaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoev 15 noyabr kuni Surxondaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoev o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan ma’ruza qildi.

Dasturda Birinchi Prezidentimiz boshlab bergan keng ko‘lamli islohotlarni izchil davom ettirish, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” konsepsiyasini amalga oshirish, huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, fuqarolarning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, davlat hokimiyati tizimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining rolini kuchaytirish, ko‘ppartiyaviylik tizimini mustahkamlash, yangicha va mustaqil fikrlaydigan, mas’uliyatli, tashabbuskor, ilg‘or boshqaruv usullarini puxta o‘zlashtirgan, halol, o‘z Vatani va xalqiga sodiq kadrlarni tayyorlash bo‘yicha samarali tizim yaratishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilangan.

Uchrashuv videokonferensiya shaklida o‘tdi. Termiz shahri va viloyatning barcha tumanlari markazidan saylovchilar nomzodning dasturi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

 

Sarvar Otamuratovning Qashqadaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov 15 noyabr kuni Qashqadaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov o‘zining saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.

Dasturda xalqaro miqyosda e’tirof etilgan va bugungi taraqqiyotimizning hayotiy dasturiga aylangan besh tamoyil asosida amalga oshirilayotgan islohotlar bardavomligini ta’minlash, boy tarixiy, madaniy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va an’analar asosida jamiyatda yuksak huquqiy va siyosiy madaniyatni mustahkamlash, ma’naviy yuksalishga erishish hamda milliy iqtisodiyotni yanada rivojlantirish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilgan.

Uchrashuvda ishtirokchilar nomzodning saylovoldi dasturi va unda belgilangan vazifalar xususida fikr bildirdi. Saylovchilarni 2016 yil 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

 

Narimon Umarovning Jizzax viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov 15 noyabr kuni Jizzax viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov o‘zining saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.

Nomzod mustaqillik yillarida viloyatning shahar va qishloqlari yangi qiyofa kasb etib, hududda zamonaviy va milliy me’morchilik asosida barpo etilayotgan muhtasham turar joylar, ta’lim va tibbiyot muassasalari, sport inshootlari, madaniyat maskanlari va boshqa ijtimoiy soha ob’yektlari xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Yana o‘qing:  Virtual qabulxona: muammolar o‘z yechimini topmoqda

Uchrashuvda ishtirokchilar nomzodning dasturi to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdi.

 

Xatamjon Ketmonovning Navoiy viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonov 15 noyabr kuni Navoiy viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonov o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.

Nomzod o‘z ma’ruzasida mustaqillik yillarida Navoiy viloyatida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari haqida to‘xtaldi. Viloyatning yer osti, yer usti tabiiy boyliklarini o‘zlashtirishda va mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida hududdagi zamonaviy texnika va texnologiyalarga asoslangan yirik sanoat korxonalari muhim o‘rin tutishi qayd etildi.

Uchrashuvda ishtirokchilar nomzodning saylovoldi dasturi va unda belgilangan vazifalar xususida fikr bildirar ekan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tayotgani mamlakatimizda demokratik islohotlar hayotga izchil tatbiq etilayotganining amaldagi ifodasi ekanini ta’kidladi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: