Tibbiyotda samarali hamkorlik

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Koreya Respublikasining “Probono” xalqaro hamkorlik fondi grant loyihasi asosida Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

“Aholi salomatligi yo‘lida” shiori ostida tashkil etilgan aksiyada mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish, tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Aholi “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining hududlararo ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasi mutaxassislari – akusher-ginekolog, terapevt, pediatr, UTT shifokori, EKG mutaxassisi tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, bemorlarga sanitariya-gigiyena vositalari, dori-darmonlar tarqatildi.

Bunday tibbiy ko‘rik O‘rta Chirchiq tumani, Olmaliq va Ohangaron shaharlarida ham o‘tkaziladi.

 

N. NORBOBOYEV

Yana o‘qing:  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: