Emlash: inson hayotini asrashda uning ahamiyati
EMLASH BO‘YICHA O‘NTA DALIL
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, immunizatsiya – difteriya (bo‘g‘ma), qoqshol, ko‘kyo‘tal, qizamiq kabi yuqumli kasalliklardan har yili dunyoda 2, 3 million inson hayotini saqlab qoladi. Bu jarayon jamoatchilikning sog‘lig‘ini saqlashdagi amaliy chora-tadbirlar ichida eng samarali va muvaffaqiyatlisi hisoblanadi.
Jahonda ko‘plab bolalar immunizatsiyadan o‘tkazilmoqda. 2010 yildagi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 109 million bir yoshgacha bo‘lgan bolalar difteriya, qoqshol, ko‘kyo‘talga qarshi uch dozali vaksinalarda emlandi. Ular nogironlik va hattoki, o‘limga olib keluvchi yuqumli kasalliklardan himoyalandi, deyish mumkin.
Jahonda 19, 3 million bir yoshgacha bo‘lgan bolalar difteriya, qoqshol, ko‘kyo‘talga qarshi emlanmagan. Ularning 70 foizi o‘ndan ortiq mamlakatlarda yashaydi. Yarmidan ko‘prog‘i Afrika va Janubiy-Sharqiy Osiyoda istiqomat qiladi.
Har yili 1 milliondan ortiqroq emizikli bolalar pnevmokokli infeksiyalardan va rotavirus diareyasi(ichketar)dan halok bo‘lmoqda.
Ushbu o‘lim holatlarining aksariyat qismini vaksinatsiya yordamida bartaraf qilish mumkin edi.
Qizamiqdan jahon aholisining 74 foizi himoyalandi. Poliomiyelit kasalligi dunyoda 99 foizga kamaydi.
1988 yildan beri poliomiyelit (shol) kasalligi 99 foizdan ortiqroq miqdorga kamaytirildi. Bunday ijobiy ko‘rsatgichlar ushbu kasallikni bartaraf etish bo‘yicha global kuch natijasi hisoblanadi. 2012 yilda faqatgina uchta mamlakatda (Afg‘oniston, Nigeriya va Pokiston)da bu kasallik kuzatildi. 1988 yildan, ya’ni poliomiyelit bo‘yicha endemik mamlakatlar soni 125ga yetgan paytdan buyon ushbu davlatlar xastalik o‘chog‘i bo‘lib qolmoqda.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning qoqsholdan nobud bo‘lish miqdori ham keskin kamaydi.
Immunizatsiya vaksina yordamida bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan kasalliklardan bolalarni himoyalabgina qolmasdan, boshqa salbiy holatlarning tarqalishi bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilishi uchun ham imkoniyat yaratadi. Bundan tashqari emlash fuqarolarni butun hayoti davomida gripp, meningit va keksalik vaqtlarida rivojlanuvchi onkologik kasalliklarning inson hayotiga xavf solishidan ham himoyalaydi.
Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va bu vaziyatning barqarorligini ta’minlashning eng samarali vositalaridan biri yuqumli kasalliklarning oldini olishdir. Shu maqsadda turli infeksiyalarga qarshi yangi vaksinalarning bosqichma-bosqich joriy qilinishini hisobga olib, bolalarni emlash dasturi takomillashtirildi. O‘zbekistonda Milliy emlash taqvimi asosida kontingentning kamida 97 foizini qamrab olgan profilaktik vaksinatsiya qilish ko‘lami yanada kengaytirildi.
O‘zbekiston Milliy emlash kalendari
Yoshi |
Vaksinalar nomi |
1-kunlik |
VGV-1 |
2-5 kunlik |
BSJ-1 |
2 oylik |
OPV-1, Rota-1(oral rota virusli) |
3 oylik |
OPV-2, Rota-2 (oral rotavirusli penta-2(AKDS-2) VGV-3, XIB-2), pnevmo-2 |
4 oylik |
OPV-3, penta-3 (AKDS-3, VGV-4, XIB-2), IPV |
12 oylik |
KPK-1, pnevmo-3 |
16 oylik |
OPV-4, AKDS-4 |
6 yosh |
KPK-2 |
1-sinf (7yosh) |
OPV-5, ADS-M-5 |
16 yosh |
ADS-M-6 |
Izoh: VGV-virusli gepatit Vga qarshi vaksina. OPV-oral poliomiyelit (sholga qarshi) vaksina. JSST tavsiyasiga ko‘ra Yevropa hududida va boshqa mamlakatlarda 2016 yil 17 apreldan bivalentli oral poliomiyelitli vaksinaga global miqyosda o‘tildi. Keyingi 2017 yildan boshlab, inaktivlangan poliomiyelitli vaksina amalda qo‘llanila boshlanadi.
BSJ – silga qarshi vaksina bilan faqatgina tug‘ruqxonada emlanadi.
Rota-rotavirusli infeksiyaga qarshi emlash 2014 yil 16 iyundan amalga oshirilmoqda.
KPK – qizamiq-parotit (“tepki”)-qizilchaga qarshi vaksina 2007 yildan qo‘llanilmoqda.
AKDS – bo‘g‘ma (difteriya) ko‘k-yo‘tal, qoqsholga qarshi vaksina bilan go‘dak yana 16 oylikdan qayta revaksinatsiya qilinadi.
Pentalent vaksina – bo‘g‘ma, ko‘kyo‘tal, qoqshol, V gepatit va bakterial meningit-XIB infeksiyaga qarshi vaksina 2009 yildan Milliy emlash kalendariga kiritilgan.
ADS-M-difteriya, qoqsholga qarshi vaksina revaksinatsiya (qayta emlash)da hamda immuniteti past bolalarni emlashda qo‘llaniladi. Pnevmo-pnevmokkok infeksiyasiga qarshi vaksina 2015 yil 2 noyabrdan amalga oshirmoqda. IPV-inaktivlangan poliomiyelitga qarshi vaksina 2017 yildan emlash rejasiga kiritilishi ko‘zda tutilgan.
Dilfuza TURDIYEVA,
ToshVMOI «Neonatologiya» kafedrasi dotsenti
Maqolaning birinchi qismi: